https://oz.sputniknews.uz/20250825/ozbekiston-qovun-qirgiziston-51489036.html
O‘zbekistonning 21 tonna qovuni Qirg‘izistonga kiritilmadi - sabab
O‘zbekistonning 21 tonna qovuni Qirg‘izistonga kiritilmadi - sabab
Sputnik O‘zbekiston
Ma’lum qilinishcha, qovunlar fitosanitariya sertifikatida ko‘rsatilmagan somon bilan olib kirilayotgan bo‘lgan. 25.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-25T16:42+0500
2025-08-25T16:42+0500
2025-08-25T16:42+0500
qirg‘iziston
qovun
o‘zbekiston
o‘sh
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/08/37689677_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_ce6414e7dd5134b6859782b3ee13e1b1.jpg
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekistondan eksport qilingan 21 tonna qovun somon ustiga yuklatilgani sabab Qirg‘iziston chegarasidan o‘tkazilmadi. Bu haqda Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Qayd etilishicha, 22-avgust kuni O‘sh hududiy boshqarmasi Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi "Do‘stlik" nazorat-o‘tkazish punktida O‘zbekistondan O‘sh viloyatiga yo‘l olgan yuk mashinasini tekshirish chog‘ida yuqori fitosanitar xavfga ega bo‘lgan mahsulotlarni tashishda qoidabuzarlik aniqlagan, ya’ni yuklarda hujjatlarda ko‘rsatilmagan somon ham aniqlangan. Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligining bildirishicha, somon fitosanitar xavfi yuqori, karantin talablari bilan cheklangan mahsulotlar qatoriga kiradi. Uning tarkibida ambroziya, achchiqmiya va zarpechak kabi begona o‘tlar urug‘lari bo‘lishi mumkin. Shu bois bunday mahsulotlar albatta fitosanitar sertifikatga ega bo‘lishi va import qiluvchi davlat talablariga javob berishi shart. Qoidabuzarlik olib kirilayotgan barcha mahsulotlar jo‘natuvchiga qaytarilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20231120/ozbekiston-fitosanitariya-nazorat-41140736.html
qirg‘iziston
o‘zbekiston
o‘sh
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/08/37689677_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_14c4bbcf253de73349b3d1794f01d511.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qirg‘iziston, qovun, o‘zbekiston, o‘sh, jamiyat
qirg‘iziston, qovun, o‘zbekiston, o‘sh, jamiyat
O‘zbekistonning 21 tonna qovuni Qirg‘izistonga kiritilmadi - sabab
Ma’lum qilinishcha, qovunlar fitosanitariya sertifikatida ko‘rsatilmagan somon bilan olib kirilayotgan bo‘lgan.
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekistondan eksport qilingan 21 tonna qovun somon ustiga yuklatilgani sabab Qirg‘iziston chegarasidan o‘tkazilmadi. Bu haqda Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 22-avgust kuni O‘sh hududiy boshqarmasi Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi "Do‘stlik" nazorat-o‘tkazish punktida O‘zbekistondan O‘sh viloyatiga yo‘l olgan yuk mashinasini tekshirish chog‘ida yuqori fitosanitar xavfga ega bo‘lgan mahsulotlarni tashishda qoidabuzarlik aniqlagan, ya’ni yuklarda hujjatlarda ko‘rsatilmagan somon ham aniqlangan.
Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligining bildirishicha, somon fitosanitar xavfi yuqori, karantin talablari bilan cheklangan mahsulotlar qatoriga kiradi. Uning tarkibida ambroziya, achchiqmiya va zarpechak kabi begona o‘tlar urug‘lari bo‘lishi mumkin. Shu bois bunday mahsulotlar albatta fitosanitar sertifikatga ega bo‘lishi va import qiluvchi davlat talablariga javob berishi shart.
"Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining bojxona chegarasi va bojxona hududida karantin ostidagi mahsulotlar hamda obyektlarga qo‘yiladigan Yagona karantin fitosanitariya talablari buzilganligi aniqlangani sababli karantin fitosanitariya nazorati dalolatnomalari tuzildi va yukni qaytarish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi", - deyilgan xabarda.
Qoidabuzarlik olib kirilayotgan barcha mahsulotlar jo‘natuvchiga qaytarilgan.