Maktablarda darslar qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik/Zafar XalilovKak proxodit perviy zvonok v Tashkente
Kak proxodit perviy zvonok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2025
Obuna bo‘lish
Maktablarning birinchi dars soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari o‘tkaziladi.
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekistondagi barcha maktablarda 2025/2026-o‘quv yili uchun darslar 2-sentabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, maktablarning birinchi dars soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.
Devushka s knigami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2025
Yangi o‘quv yili ayrim talabalar uchun 8-sentabrdan boshlanadi — vazirlik
Yangiliklar lentasi
0