Investitsiya faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalaniladi

© Getty Images / primeimagesEkonomicheskiy rost
Ekonomicheskiy rost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2025
Obuna bo‘lish
2025 yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-oktabrgacha investitsiya platformalaridan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida qator yo‘nalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. O‘zbekistonda investitsiya faoliyati zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. 21-avgust kuni prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-oktabrgacha investitsiya platformalaridan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida quyidagi yo‘nalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:
qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olishda;
venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda;
kommandit shirkatlarga hissa kiritishda.
Investitsiya platformalari operatori uchun quyidagi talablar belgilandi:
rezident yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi;
vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reyestrga kiritilgan bo‘lishi;
o‘z faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshirishi;
investitsiya platformasi orqali rasmiylashtirilgan shartnomalar reyestrini yuritishi.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva s predprinimatelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda e’lon qilingan eng muhim yangiliklar
Yangiliklar lentasi
0