Kirill Vishinskiy vafot etdi
12:30 23.08.2025 (yangilandi: 12:31 23.08.2025)

© telegram sputnikuzbekistan
/ Obuna bo‘lish
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Bugun "Rossiya Segodnya" mediaguruhi jurnalisti va ijrochi direktori Kirill Vishinskiy uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng 59 yoshda vafot etdi.
Kirill iste’dodli jurnalist va umumiy madaniyatimizning vatanparvari sifatida g‘orlarda yashaydigan ukrain natsizmining barcha murakkab shafqatsizligini boshdan kechirdi. Shunchaki tahririyatimiz bilan hamkorlik qilgani uchun u qamoqqa tashlandi, u yerda 15 oyni qiynoqlarga teng sharoitlarda o‘tkazdi... Kirill Vishinskiy bizning xotiramizda eng yuksak fuqarolik, kasbiy va insoniy meyorlar namunasi sifatida saqlanib qoladi, - dedi "Rossiya Segodnya" bosh direktori Dmitriy Kiselev.
Vishinskiy 1967-yil 19-fevralda Ukraina SSRning Dnepropetrovsk shahrida tug‘ilgan. Armiya xizmatidan so‘ng u Dnepropetrovsk universitetining filologiya fakultetini tugatib rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
1990 yillarda u jurnalistika faoliyati bilan shug‘ullana boshlagan. Dastlab Dnepropetrovskdagi 11-kanalda bosh muharrir, Ukrainaning ICTV telekanalida muharrir va boshlovchi sifatida ishlagan.
2006 yil oktabr oyidan boshlab u Rossiyaning VGTRK telekanalining Kiyevdagi maxsus muxbiri bo‘ldi.
Ukrainadagi 2014-yilda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishidan so‘ng u jurnalistik faoliyatini davom ettiradi.
2006 yil oktabr oyidan boshlab u Rossiyaning VGTRK telekanalining Kiyevdagi maxsus muxbiri bo‘ldi.
Ukrainadagi 2014-yilda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishidan so‘ng u jurnalistik faoliyatini davom ettiradi.
2018 yil 15-mayda Vishinskiy Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olinadi va 2019-yil 7-sentabrda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mahbuslar almashinuvi doirasida ozod etiladi.
Shundan so‘ng "Rossiya Segodnya" guruhi tarkibidagi RIA Novosti-Ukraina agentligiga rahbarlik qildi.
Kirill Vishinskiy 1-darajali “Vatanga xizmatlari uchun” ordeni va “Qrimni qaytargani uchun” medali bilan taqdirlangan.