IIBB talaba va ota-onalarni ogohlantirdi

© uznews.uzShevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2025
Obuna bo‘lish
IIBB Toshkentda "arzon kvartira" bilan bog‘liq firibgarlik holatlari haqida ogohlantirdi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi yangi o‘quv yili arafasida poytaxtga kelayotgan talabalar va ularning ota-onalarini firibgarlikdan ogoh bo‘lishga chaqirdi.
IIBBga ko‘ra, eng ko‘p uchraydigan hollarda firibgarlar internetda arzon kvartira ijarasi haqida e’lon berib, odamlarni chalg‘itadi.
️Firibgarlar o‘zlariga tegishli bo‘lmagan kvartira suratlarini joylab, uni arzon narxda ijaraga taklif qiladi.️ Talabalar yoki ota-onalar qiziqib, ular bilan bog‘lanadi.
Sh️ndan so‘ng firibgarlar “bron qilish” yoki ikki oylik ijara uchun oldindan pul to‘lashni talab qiladi.
️Pul olingach, firibgarlar aloqani uzadi va qurbonlarni bloklaydi. Natijada na kvartira, na pul qoladi.
Bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun IIBB kvartirani shaxsan ko‘rmasdan turib oldindan pul o‘tkazmaslikni, faqat uy egasi bilan uchrashib, ijara shartnomasini tuzishni va begona odamlarga shaxsiy ma’lumotlarni yubormaslikni tavsiya qiladi.
Yangiliklar lentasi
0