https://oz.sputniknews.uz/20250823/fxx-general-moskalikning-qotilini-qolga-oldi-51443677.html
General Moskalik qotilining yordamchisi qo‘lga olindi — video
General Moskalik qotilining yordamchisi qo‘lga olindi — video
Sputnik O‘zbekiston
Gumonlanuvchi, Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bilan generalni kuzatganini va qo‘lbola bomba yetkazib berganini tan oldi. 23.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-23T14:27+0500
2025-08-23T14:27+0500
2025-08-23T14:49+0500
video
moskva
moskva viloyati
terakt
fxx
rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx)
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/17/51443396_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_95bf63538f80ca53ed29a8150e06fac8.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati general-leytenant Yaroslav Moskalikka uyushtirilgan qotillik ishtirokchisini qo‘lga oldi.Hibsga olingan shaxs, shuningdek, Ukraina maxsus xizmatlariga Aerokosmik kuchlar harbiy xizmatchilari, mudofaa korxonalari rahbarlari va xodimlari, Saratov viloyatidagi muhim va transport infratuzilmasi obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatgan.So‘roqdan ma’lum bo‘lishicha, u 2023-yil iyul oyida u WatsApp orqali Ukraina maxsus xizmatlari xodimi bilan bog‘lanib, pul mukofoti uchun hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan.Unga nisbatan terrorchilik harakatini sodir etishga ko‘maklashish va uyushgan guruh tomonidan portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarni noqonuniy sotish moddalari bilan ish qo‘zg‘atilgan; u davlatga xiyonatda ayblanishi mumkin. Sudlanuvchi qamoqqa olinib, o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.So‘roq paytida hujumchi generalni kuzatib turganini va bomba yetkazayotganini aytdi. Shuningdek, u suiqasd rejalashtirilgan harbiy-sanoat kompleksi korxonalari xodimlarini kuzatib borayotganini tasdiqladi.Eslatib o‘tamiz, general-leytenant Yaroslav Moskalik 25-aprel kuni Moskva viloyatining Balashixa shahridagi, o‘z uyining podyezdidan chiqayotgan vaqtda yaqin joyda turgan avtomobil portlashi oqibatida qurbon bo‘lgan edi. Tezkor harakatlar natijasida ushbu terrorchilik harakatini sodir etishda ayblangan Ignat Kuzinni hibsga olingan edi.Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenkoning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yil sentabr oyida u Rossiyaga kelgan va Moskva viloyatida yashagan va u yerda SBU kuratoridan ko‘rsatma kutgan. Jinoyat uchun unga 18 ming dollar va’da qilingan.
moskva viloyati
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Souchastnik ubiystva generala Moskalika o podgotovke terakta
Sputnik O‘zbekiston
Souchastnik ubiystva generala Moskalika priznalsya, chto nablyudal za nim i dostavlyal bombu, on govorit ob etom na video ot FSB.
2025-08-23T14:27+0500
true
PT1M26S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/17/51443396_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_9210cbcff8f4c3f8108febe25c1eed51.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, moskva, moskva viloyati, terakt, fxx, rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx), ukraina, video
video, moskva, moskva viloyati, terakt, fxx, rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx), ukraina, video
General Moskalik qotilining yordamchisi qo‘lga olindi — video
14:27 23.08.2025 (yangilandi: 14:49 23.08.2025) Eksklyuziv
Gumonlanuvchi, Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bilan generalni kuzatganini va qo‘lbola bomba yetkazib berganini tan oldi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati general-leytenant Yaroslav Moskalikka uyushtirilgan qotillik ishtirokchisini qo‘lga oldi.
“FXX, 2025-yil 25-aprelda general-leytenant Yaroslav Moskalikka uyushtirilgan suiqasd uchun portolvchi moslamani Moskva viloyatiga yetkazib bergan, 1976-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosini Saratov viloyatida qo‘lga oldi", - deyiladi xabarda.
Hibsga olingan shaxs, shuningdek, Ukraina maxsus xizmatlariga Aerokosmik kuchlar harbiy xizmatchilari, mudofaa korxonalari rahbarlari va xodimlari, Saratov viloyatidagi muhim va transport infratuzilmasi obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatgan.
So‘roqdan ma’lum bo‘lishicha, u 2023-yil iyul oyida u WatsApp orqali Ukraina maxsus xizmatlari xodimi bilan bog‘lanib, pul mukofoti uchun hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan.
Unga nisbatan terrorchilik harakatini sodir etishga ko‘maklashish va uyushgan guruh tomonidan portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarni noqonuniy sotish moddalari bilan ish qo‘zg‘atilgan; u davlatga xiyonatda ayblanishi mumkin. Sudlanuvchi qamoqqa olinib, o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.
So‘roq paytida hujumchi generalni kuzatib turganini va bomba yetkazayotganini aytdi. Shuningdek, u suiqasd rejalashtirilgan harbiy-sanoat kompleksi korxonalari xodimlarini kuzatib borayotganini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, general-leytenant Yaroslav Moskalik 25-aprel kuni Moskva viloyatining Balashixa shahridagi, o‘z uyining podyezdidan chiqayotgan vaqtda yaqin joyda turgan avtomobil portlashi oqibatida qurbon bo‘lgan edi.
Tezkor harakatlar natijasida ushbu terrorchilik harakatini sodir etishda ayblangan Ignat Kuzinni hibsga olingan edi.
Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenkoning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yil sentabr oyida u Rossiyaga kelgan va Moskva viloyatida yashagan va u yerda SBU kuratoridan ko‘rsatma kutgan. Jinoyat uchun unga 18 ming dollar va’da qilingan.