https://oz.sputniknews.uz/20250822/birinchi-orinbosar-51415753.html
Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Alisher Boboyev 1996-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, ushbu oliy o‘quv yurtining klinik ordinatura yo‘nalishida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1998-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutida katta laborant sifatida boshlagan.
2025-08-22T12:37+0500
2025-08-22T12:37+0500
2025-08-22T12:37+0500
jamiyat
yangi tayinlov
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/16/51415571_0:88:1280:808_1920x0_80_0_0_98ce7c9d9ba15d3081a407f52b26b676.jpg
TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Alisher Boboyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Alisher Boboyev 1996-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, ushbu oliy o‘quv yurtining klinik ordinatura yo‘nalishida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1998-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutida katta laborant sifatida boshlagan.Turli yillarda Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy biologik fanlar kafedrasi katta laboranti, Olmazor tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi maslahat-diagnostika poliklinikasi hamda Respublika klinik shifoxonasi urologiya bo‘limi singari qator muassasalarda shifokor-urolog, Sog‘liqni saqlash vazirligi kotibiyatida bosh mutaxassis kabi lavozimlarda ishlagan.II darajali "Salomatlik" ordeni bilan taqdirlangan Boboyev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/16/51415571_43:0:1238:896_1920x0_80_0_0_7e0fbfbf8c9e5fe6992665a6cb316652.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
alisher boboyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari ma’lumot
alisher boboyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari ma’lumot
Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Boboyev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Alisher Boboyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Alisher Boboyev 1996-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, ushbu oliy o‘quv yurtining klinik ordinatura yo‘nalishida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1998-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutida katta laborant sifatida boshlagan.
Turli yillarda Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy biologik fanlar kafedrasi katta laboranti, Olmazor tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi maslahat-diagnostika poliklinikasi hamda Respublika klinik shifoxonasi urologiya bo‘limi singari qator muassasalarda shifokor-urolog, Sog‘liqni saqlash vazirligi kotibiyatida bosh mutaxassis kabi lavozimlarda ishlagan.
II darajali "Salomatlik" ordeni bilan taqdirlangan Boboyev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.