Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya armiyasi DXRdagi Aleksandro-Shultino qishlog‘ini ozod qildi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishBoyevaya podgotovka voyennoslujashix VDV v zone SVO
Boyevaya podgotovka voyennoslujashix VDV v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli Kuchlari tomonidan DXRdagi Aleksandro-Shultino, Suxeskoe, Pankovka hamda Dnepropetrovsk viloyatidagi Novogeorgiyevka aholi punktlari ham ozod qilindi
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Rossiya harbiylari Donesk Xalq Respublikasidagi (DXR) Aleksandro-Shultino aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

"Janubiy qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining qat’iy harakatlari natijasida Donesk xalq respublikasining Aleksandro-Shultino aholi punkti ozod qilindi," - deyiladi xabarda.

DXRning Seversk, Markovo, Nikolayevka, Minkovka va Vasukovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining ikkita mexanizatsiyalashgan, tog‘-shturm, aeromobil brigadalari va Milliy gvardiya brigadasining shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berilib, katta talofot yetkazildi. Ukraina armiyasi 240 nafargacha askarini, jangovar zirhli mashinasini, ikkita pikap, ikkita dala artilleriyasi qurolini, to‘rtta o‘q-dori va moddiy vositalar omborini yo‘qotdi.
Kuni kecha Rossiya Qurolli kuchlari DXRdagi Suxeskoe va Pankovka hamda Dnepropetrovsk viloyatidagi Novogeorgiyevka aholi punktlarini ozod qilgani ma’lum qilindi.
Ular "Markaz" qo‘shinlari guruhi jangchilari tomonidan ozod qilindi, ushbu qo‘shinlar Ukraina Qurolli kuchlari mudofaasi ichkarisiga kirishni davom ettirdi.
Boyevaya rabota artilleristov gruppirovki voysk Sentr na Krasnoarmeyskom napravlenii SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Kupansk yaqinida Ukraina mudofaasini yorib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0