O‘tgan 30 kunda jinoyatlar soni 29 foizga kamaydi — IIV

© Ministerstvo vnutrennix del RUzPress-konferensiya "Bezopasnaya i zdorovaya strana"
Press-konferensiya Bezopasnaya i zdorovaya strana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2025
Obuna bo‘lish
IIV xodimlari tashabbusi bilan jinoyatlarni aniqlash 50 foizga yaxshilangan.
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Respublika bo‘yicha 15-iyuldan 15-avgustga qadar o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri natijasida YTH va jinoyatlar soni kamaydi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida o‘tgan oyning shu davriga nisbatan jinoyatlarning umumiy soni 29 foizga, yo‘l-transport hodisalari soni esa 41,3 foizga kamaygan.

O‘tgan oyning mos davriga nisbatan oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlar 39 foizga kamaygan bo‘lsa, ichki ishlar organlari xodimlarining tashabbusi bilan jinoyatlarni aniqlash 50 foizga yaxshilangan.
Jami 14 167 ta tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, 2 599 ta giyohvandlik, 1 576 ta uyushgan jinoyatchilik, 1 650 ta korrupsiya va 4 653 ta boshqa yo‘nalishlarda noqonuniy holatlar aniqlangan.
© Ministerstvo vnutrennix del RUzPress-konferensiya "Bezopasnaya i zdorovaya strana"
Press-konferensiya Bezopasnaya i zdorovaya strana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2025
Press-konferensiya "Bezopasnaya i zdorovaya strana"
Shuningdek, tadbir davomida 153 816 ta kuzatuv kameralari o‘rnatilgan, 6 392 ta savdo do‘koni va 5 949 ta xonadon texnik qo‘riqlanish bilan ta’minlangan, shuningdek 2 031 ta obyektga jismoniy qo‘riqlash xizmatlari yo‘lga qo‘yilgani aytib o‘tildi.
Yangiliklar lentasi
0