Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2025
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 49 nafar tadbirkor va innovatsion loyihalar yaratuvchilarini mukofotladi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Prezident Tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir guruhi soha vakillarinni mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
Yurtimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yuksaltirishda salmoqli natijalarga erishayotgani, tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va tajribasini namoyon etib, investitsiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatayotgani, shuningdek, o‘zining muhim ilmiy-amaliy ishlanmalari va innovatsion loyihalari bilan biznes sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgani uchun, - deyiladi Farmon matnida.
Famonga muvofiq:
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan:
Abdulloyev Kamol Talatovich “Sam Antep Gilam” ta’sischisi, Samarqand viloyati;
Ismoilov Abdulxoshim Mamasobirovich – “Ravon taraqqiyot orzusi” ta’sischisi, Andijon viloyati;
Mamatdjanov Farxod Faxritdinovich – “Uztex” direktorlar kengashi raisi;
Xashimov Zafar Kamilevich – “Anglesey Food” kuzatuv kengashi raisi.
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni bilan:
Raxmanberdiyev Gappar - Toshkent kimyo-texnologiya institutining sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi kafedrasi professori.
Shuningdek, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan 4 nafar, “Do‘stlik” ordeni bilan 11nafar, “Shuhrat” medali bilan 28 kishi mukofotlandi.
To‘liq ro‘yxat bilan quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0