Toshkentda Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente zavershilos stroitelstvo Olimpiyskogo gorodka
V Tashkente zavershilos stroitelstvo Olimpiyskogo gorodka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2025
Obuna bo‘lish
Shaharcha 5 ta sport majmuasidan iborat: velodrom, 12 ming o‘rinli stadion, suv sporti saroyi, jamoaviy va yakka kurash majmualari.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidan qurib bitkazilgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente zavershilos stroitelstvo Olimpiyskogo gorodka
V Tashkente zavershilos stroitelstvo Olimpiyskogo gorodka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2025
V Tashkente zavershilos stroitelstvo Olimpiyskogo gorodka
Uning qurilishiga 2022-yil 9-noyabrda tamal toshi qo‘yilgan edi. Qisqa vaqt ichida 100 gektardan ziyod maydonda 290 million dollarlik muhtasham majmua qad rostladi.

Shaharchada 5 ta asosiy sport majmuasi joylashgan:

Velodrom. Bu yerda nafaqat velopoygalar, balki stol tennisi, qilichbozlik bo‘yicha musobaqa va mashg‘ulotlar o‘tkazish ham mumkin.
12 ming o‘rinli stadionda yashil maydon va 9 qatorli yugurish yo‘lagida yengil atletikaning 48 ta yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar va tantanali marosimlar o‘tkazish mumkin.
Suv sporti saroyida 25x50 metrli suzish va 25x20 metrli suvga sakrash havzalari, mashg‘ulotlar uchun basseyn va trenajor zallari bor.
Jamoaviy sport majmuasida voleybol, basketbol va gandbol bo‘yicha mashg‘ulot va xalqaro musobaqalarni o‘tkazish mumkin.
Yakkakurashlar majmuasida dzudo, boks, taekvondo kabi sport turlarini rivojlantirishga asos bo‘ladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente zavershilos stroitelstvo Olimpiyskogo gorodka
V Tashkente zavershilos stroitelstvo Olimpiyskogo gorodka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2025
V Tashkente zavershilos stroitelstvo Olimpiyskogo gorodka
Undan tashqari Olimpiya shaharchasida futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, yengil atletika kabilar bo‘yicha 15 ta ochiq maydonlar barpo etilgan. 400 o‘rinli paralimpiya yotoqxonasi, sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi qurilishi yakuniy bosqichda.
Shaharchadagi barcha inshootlar energiya tejamkor bo‘ladi. Avtoturargohlar ustida quyosh panellari o‘rnatiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente zavershilos stroitelstvo Olimpiyskogo gorodka
V Tashkente zavershilos stroitelstvo Olimpiyskogo gorodka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2025
V Tashkente zavershilos stroitelstvo Olimpiyskogo gorodka
Yangiliklar lentasi
0