Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainadagi mojaroning yevropalik tarafdorlari vahimada – Dmitriyev

© Sputnik / Sergey Bulkin / POOL / Mediabankka o‘tishKirill Dmitriyev
Kirill Dmitriyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2025
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp 18-avgust kuni Zelenskiy bilan Oq uyda uchrashishini ma’lum qilgan.
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Ukrainadagi mojaroning Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqidan bo‘lgan tarafdorlari vahimada. Rossiya prezidentining xorij mamlakatlar bilan investitsiya-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev shunday fikrda.

Ukrainadagi mojaroning yevropalik va britaniyalik tarafdorlari vahimada”, - deya yozdi Dmitriyev Telegram-kanalida vaAmerika rahbari Donald Tramp va Vladimir Zelenskiyning bo‘lajak uchrashuviga bag‘ishlangan G‘arb ommaviy axborot vositalarining iqtiboslarini ilova qildi.

“Bild” nashrining yozishicha, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers yoki Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Vashingtonga Zelenskiy bilan hamrohlikda borishi mumkin.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ham Tramp va Zelenskiy uchrashuvida qatnashish niyati borligini ma’lum qildi.
15 avgust kuni Putin va Tramp Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida uchrashishdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi Ukraina mojarosini hal etish bo‘ldi. Sammitdan so‘ng Amerika rahbari Rossiya tomoni bilan ko‘plab bandlarni kelishib olgani va endi mojaroni hal etish qarori Vladimir Zelenskiy qo‘lida ekanini ta’kidladi.
Prezident Vladimir Putin provel soveshanie po itogam rossiysko-amerikanskoy vstrechi v verxax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Foydali va o‘z vaqtidagi suhbat”: Putin Alyaskadagi sammit bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0