https://oz.sputniknews.uz/20250817/mirziyoev-pokiston-taziya-51302202.html
Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi
Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi
Sputnik O‘zbekiston
Pokiston va Pokiston nazoratidagi Kashmirda kuchli musson toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 300 nafardan ortiq kishi qurbon bo‘lgan. 17.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-17T17:46+0500
2025-08-17T17:46+0500
2025-08-17T17:46+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
pokiston
ta’ziya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/11/51301430_0:28:640:388_1920x0_80_0_0_b9c147184582dc60ab687bc53a2d9797.jpg
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan prezident Asif Ali Zardariy va bosh vazir Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Pokiston va mamlakat nazoratidagi Kashmirda kuchli musson yomg‘irlari va yer ko‘chkilari oqibatida kamida 307 kishi qurbon bo‘lgan.O‘lim holatlarining aksariyati Pokiston shimoli-g‘arbidagi tog‘li Xayber-Paxtunxva provinsiyasida qayd etilgan. Kamida 74 ta uy zarar ko‘rgan, qutqaruv vertoloti esa operatsiyalar chog‘ida halokatga uchragan, uning besh nafar ekipaji halok bo‘lgan.
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
V pakistanskoy provinsii Xayber-Paxtunxva jertvami navodneniya stali bolee 300 chelovek
Sputnik O‘zbekiston
V pakistanskoy provinsii Xayber-Paxtunxva jertvami navodneniya stali bolee 300 chelovek
2025-08-17T17:46+0500
true
PT1S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/11/51301430_43:0:598:416_1920x0_80_0_0_9144750b9e9609805022d78438b60863.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, pokiston, ta’ziya, video
siyosat, shavkat mirziyoyev, pokiston, ta’ziya, video
Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi
Pokiston va Pokiston nazoratidagi Kashmirda kuchli musson toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 300 nafardan ortiq kishi qurbon bo‘lgan.
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan prezident Asif Ali Zardariy va bosh vazir Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
“Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, - deyiladi Sherzod Asadov xabarida.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Pokiston va mamlakat nazoratidagi Kashmirda kuchli musson yomg‘irlari va yer ko‘chkilari oqibatida kamida 307 kishi qurbon bo‘lgan.
O‘lim holatlarining aksariyati Pokiston shimoli-g‘arbidagi tog‘li Xayber-Paxtunxva provinsiyasida qayd etilgan. Kamida 74 ta uy zarar ko‘rgan, qutqaruv vertoloti esa operatsiyalar chog‘ida halokatga uchragan, uning besh nafar ekipaji halok bo‘lgan.