https://oz.sputniknews.uz/20250816/ozbekiston-qozogiston-aviaqatnovlar-51282937.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘paytiriladi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘paytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki davlat o‘rtasidagi parvozlarning ruxsat etilgan soni haftasiga 238 ta reysni tashkil etadi. 16.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-16T14:02+0500
2025-08-16T14:02+0500
2025-08-16T14:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
aviaparvozlar
aviareyslar qatnovi
transport vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21273755_0:380:2576:1829_1920x0_80_0_0_8f4efa07016ff04a01fb5676f84d296d.jpg
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish va aviatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.Kelishuvga Markaziy Osiyo-Xitoy (C5+1) fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi anjumanida kelishib olindi.Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, ikki davlatning tayinlangan tashuvchilariga Olmaota—Toshkent va Nur-Sulton—Toshkent yo‘nalishlarining har biri bo‘yicha haftasiga 42 tagacha reysni amalga oshirishga ruxsat berildi. Qolgan barcha yo‘nalishlarda haftasiga 7 tagacha reys bajarishga ruxsat etildiShuningdek, tomonlar mamlakatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun belgilangan manzillar sonini ko‘paytirishga kelishib oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20250714/samarqand-sochi-parvozlar-50514485.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21273755_250:407:2181:1855_1920x0_80_0_0_31083bcc173391270fb42d05a78048f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, aviaparvozlar, aviareyslar qatnovi, transport vazirligi
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, aviaparvozlar, aviareyslar qatnovi, transport vazirligi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘paytiriladi
Ikki davlat o‘rtasidagi parvozlarning ruxsat etilgan soni haftasiga 238 ta reysni tashkil etadi.
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish va aviatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi, deb
xabar bermoqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.
Kelishuvga Markaziy Osiyo-Xitoy (C5+1) fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi anjumanida kelishib olindi.
“Tomonlarning tayinlangan aviakompaniyalari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi barcha kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirgan taqdirda parvozlarning ruxsat etilgan chastotasi haftasiga 238 ta reysni tashkil etadi”, - deyilgan xabarda.
Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, ikki davlatning tayinlangan tashuvchilariga Olmaota—Toshkent va Nur-Sulton—Toshkent yo‘nalishlarining har biri bo‘yicha haftasiga 42 tagacha reysni amalga oshirishga ruxsat berildi. Qolgan barcha yo‘nalishlarda haftasiga 7 tagacha reys bajarishga ruxsat etildi
Shuningdek, tomonlar mamlakatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun belgilangan manzillar sonini ko‘paytirishga kelishib oldi.