https://oz.sputniknews.uz/20250815/ozbekiston-eoii-savdo-51263036.html
Aripov: O‘zbekiston to‘rt yil ichida YeOII bilan savdo aylanmasini 80 foizga oshirdi
Aripov: O‘zbekiston to‘rt yil ichida YeOII bilan savdo aylanmasini 80 foizga oshirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi va muhim takliflarni... 15.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-15T15:18+0500
2025-08-15T15:18+0500
2025-08-15T15:18+0500
o‘zbekiston va yeoii
o‘zbekiston
iqtisod
abdulla aripov
yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0f/48892757_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_e91412bb1bc88a4e553d09cecb291a4e.jpg
TOShKENT, 15 avg – Sputnik. O‘zbekiston 2020-yildan beri Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, to‘rt yil ichida ittifoq mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasini 80 foizga oshirdi. O‘tgan yil yakunida bu ko‘rsatkich 18 milliard dollarni tashkil etdi.Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi (YeOHK) yig‘ilishida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ijobiy dinamika joriy yilda ham saqlanib, asosan sanoat mahsulotlari yetkazib berishning ortishi hisobiga ta’minlanmoqda.Aripov aprel oyida O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilganini eslatib o‘tdi, shuningdek, respublikaning YeOII bilan savdo munosabatlarini liberallashtirish to‘g‘risidagi bitim loyihasini tayyorlashni tezlashtirishni taklif qildiU YeOIIning raqamli texnik tartibga solish, raqamli transport yo‘laklari ekotizimi, Yevroosiyo qayta sug‘urtalash kompaniyasi va yagona integratsiyalashgan o‘tkazish punktlari tizimi kabi mexanizmlarga qo‘shilishdan manfaatdorligini bildirdi. Shuningdek, raqamli muvofiqlik va texnologik sheriklikni kengaytirish maqsadida transchegaraviy elektron savdo, tovarlarni raqamli markirovkalash, yangi avlod logistika platformalari va sun’iy intellektni qo‘llash sohalarini o‘z ichiga olgan raqamli hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qildi.O‘zbekiston YeOIIning kooperatsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali yangi qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etishni maqsad qilganini aytib, tashkilot doirasida kooperatsiyani rivojlantirishga biznesni keng jalb qilish muhimligini ta’kidladi.Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan tayyorlangan agro kooperatsiya dasturini kelishish uchun yaqin vaqtda ekspert maslahatlashuvlarini o‘tkazish taklifini berdi. Unga ko‘ra, dastur logistika yo‘nalishlarini soddalashtirish, yashil texnologiyalarni qo‘llash va “yashil yo‘lak”ni ishga tushirish choralarini o‘z ichiga oladi.Yig‘ilishda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin, Belarus hukumati rahbari Aleksandr Turchin, Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Qosimaliyev va Armaniston bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoran ishtirok etdi.YeOII — Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonni o‘z ichiga olgan xalqaro iqtisodiy integratsiya tashkiloti. Ittifoq huzurida kuzatuvchilar — O‘zbekiston, Eron va Kuba davlatlari. O‘zbekiston 2020-yildan buyon YeOIIda kuzatuvchi hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250815/eoii-mamlakatlari-yaim-51259664.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0f/48892757_112:0:1889:1333_1920x0_80_0_0_b50e27ce029a0a080307fc3c7a9e95a8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, iqtisod, abdulla aripov, yeoii
o‘zbekiston, iqtisod, abdulla aripov, yeoii
Aripov: O‘zbekiston to‘rt yil ichida YeOII bilan savdo aylanmasini 80 foizga oshirdi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi va muhim takliflarni ilgari surdi.
TOShKENT, 15 avg – Sputnik. O‘zbekiston 2020-yildan beri Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, to‘rt yil ichida ittifoq mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasini 80 foizga oshirdi. O‘tgan yil yakunida bu ko‘rsatkich 18 milliard dollarni tashkil etdi.
Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi (YeOHK) yig‘ilishida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ijobiy dinamika joriy yilda ham saqlanib, asosan sanoat mahsulotlari yetkazib berishning ortishi hisobiga ta’minlanmoqda.
Aripov aprel oyida O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilganini eslatib o‘tdi, shuningdek, respublikaning YeOII bilan savdo munosabatlarini liberallashtirish to‘g‘risidagi bitim loyihasini tayyorlashni tezlashtirishni taklif qildi
Bosh vazir istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirilganini bildirdi va YeOHK ning navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston va Ittifoq mamlakatlari texnik jihatdan tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirish bo‘yicha ilgari kelishilgan harakatlar rejasini imzolashni taklif qildi.
U YeOIIning raqamli texnik tartibga solish, raqamli transport yo‘laklari ekotizimi, Yevroosiyo qayta sug‘urtalash kompaniyasi va yagona integratsiyalashgan o‘tkazish punktlari tizimi kabi mexanizmlarga qo‘shilishdan manfaatdorligini bildirdi.
Shuningdek, raqamli muvofiqlik va texnologik sheriklikni kengaytirish maqsadida transchegaraviy elektron savdo, tovarlarni raqamli markirovkalash, yangi avlod logistika platformalari va sun’iy intellektni qo‘llash sohalarini o‘z ichiga olgan raqamli hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qildi.
O‘zbekiston YeOIIning kooperatsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali yangi qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etishni maqsad qilganini aytib, tashkilot doirasida kooperatsiyani rivojlantirishga biznesni keng jalb qilish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan tayyorlangan agro kooperatsiya dasturini kelishish uchun yaqin vaqtda ekspert maslahatlashuvlarini o‘tkazish taklifini berdi. Unga ko‘ra, dastur logistika yo‘nalishlarini soddalashtirish, yashil texnologiyalarni qo‘llash va “yashil yo‘lak”ni ishga tushirish choralarini o‘z ichiga oladi.
Yig‘ilishda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin, Belarus hukumati rahbari Aleksandr Turchin, Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Qosimaliyev va Armaniston bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoran ishtirok etdi.
YeOII — Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonni o‘z ichiga olgan xalqaro iqtisodiy integratsiya tashkiloti. Ittifoq huzurida kuzatuvchilar — O‘zbekiston, Eron va Kuba davlatlari. O‘zbekiston 2020-yildan buyon YeOIIda kuzatuvchi hisoblanadi.