Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbekiston bojxona organlari inson salomatligini qanday himoya qilmoqda — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekistonda tarkibida “sibutramin” bo‘lgan 1,3 tonna noqonuniy ozdiruvchi modda musodara qilindi.
Sputnik multimedia matbuot markazida O‘zbekiston bojxona organlari tomonidan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Bojxona xodimlari tarkibida "Sibutramin" bo‘lgan 1,3 tonna ozdiruvchi moddalarni noqonuniy olib kirishga urinishni fosh qilishdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi raisining matbuot kotibi Husen Tangriyev so‘zlab berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sibutramin moddasi inson salomatligi uchun juda ham xavfli.
Mutaxassislar aytishicha, bu yurak-qon tomir tizimiga, asab tizimiga jiddiy zarar yetkazadi va hatto o‘lim bilan bog‘liq kuzatilgan holatlar ham bo‘lgan.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida bojxona sohasida hamkorligi haqida to‘xtalib o‘tildi. Xususan: ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi yo‘lga qo‘yildi; O‘zbekiston bojxonasining doimiy vakili o‘z faoliyat boshladi — tadbirkorlar muammolari tezkor hal etilmoqda; vakolatli iqtisodiy operatorlarni o‘zaro tan olish yo‘lga qo‘yildi — tadbirkorlar uchun katta yengillik va yangi imkoniyatlar.
Shuningdek, anjumanda O‘zbekiston qo‘shni davlatlar — Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan faol hamkorlik qilib, bojxona sohasidagi tajriba va eng yaxshi amaliyotlar bilan almashilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Batafsil - Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0