Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etmoqda

© Press-slujba kabineta ministrov KR / Ergesh JusubaliyevPremyer-ministr respubliki Uzbekistan Abdulla Aripov
Premyer-ministr respubliki Uzbekistan Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2025
Obuna bo‘lish
Cho‘lponotagi Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishida savdo, bojxona, transport va boshqa masalalar muhokama qilinmoqda.
TOShKENT, 15 avg – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining (YeOHK) yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Cho‘lponota shahrida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ishtirokida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi boshlandi. Rossiya bosh vaziri rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonda bo‘lib turibdi.
Yig‘ilishda, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar hukumatlari rahbarlari - Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchin, Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi Akilbek Kasimaliyev va Armaniston bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoran ham ishtirok etmoqda.
Bundan tashqari, Cho‘lponotadagi yig‘ilishga YeOII kuzatuvchi davlatlari vakillari - Eronning birinchi vitse-prezidenti Muhammad Riza Orif, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tashrif buyurdi. Kuba bosh vaziri Manuel Marrero Kruz onlayn rejimda ishtirok etmoqda.
© Yevraziyskaya ekonomicheskaya komissiyaYeAES v Cholpon-Ate
YeAES v Cholpon-Ate - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2025
YeAES v Cholpon-Ate
“Beshlik” mamlakatlar hukumat rahbarlari savdo, bojxona ma’muriyatchiligi, transport infratuzilmasini rivojlantirish, umumiy birja makonini yaratish, raqobatni takomillashtirish, neft va gazning umumiy bozorlarini shakllantirish, dori-darmon va tibbiy buyumlar bozorlarini rivojlantirish va boshqa masalalarni ko‘rib chiqadilar.
14 - 15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan YeOHK yig‘ilishining kun tartibiga jami 20 ta masala kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0