Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII mamlakatlari iqtisodiyoti o‘rtacha jahon ko‘rsatkichlaridan yuqori sur’atda o‘smoqda

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita YeAES v Bishkeke
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita YeAES v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2025
Obuna bo‘lish
2015–2024 yillarda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yalpi ichki mahsuloti qariyb 1 trillion dollarga o‘sdi. Ittifoq iqtisodiyoti jahon o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori sur’atda rivojlanmoqda.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari iqtisodiyoti o‘rtacha jahon ko‘rsatkichlaridan yuqori sur’atda o‘smoqda, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)
YeIK Makroiqtisodiy siyosat departamenti direktori Aleksey Vedev Qirg‘izistonning YeOIIga a’zo bo‘lganiga 10-yil to‘lishiga bag‘ishlangan konferensiyada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida iqtisodiy rivojlanishning ijobiy dinamikasi va integratsiyaviy o‘zaro aloqalarning mustahkamlanayotgani haqida so‘zladi.

"Ittifoqning umumiy yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2015-yildan 2024-yilgacha 17,8 foizga, mutlaq ko‘rsatkichda esa qariyb 1 trillion dollarga o‘sdi. YeOIIning jahon iqtisodiyotidagi ulushi 3,7 foizdan 4,1 foizga oshdi. Shu bilan birga, a’zo davlatlar iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari so‘nggi bir necha yilda o‘rtacha jahon ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘ldi", — deya o‘z so‘zida qayd etdi Vedev.

Ittifoq mamlakatlarida tovar va xizmatlar o‘zaro savdosi, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida integratsiya samarasi yaqqol sezilmoqda. Integratsiyaning YaIMga qo‘shgan eng katta hissasi Armaniston va Qirg‘izistonda qayd etilgan.
YeOII miqyosida integratsiyaning iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi YaIMning 1,65 foizi yoki taxminan 40 milliard dollar deb baholanmoqda
19-ya Rossiyskaya agropromishlennaya vistavka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII: qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish qanchaga oshdi
Yangiliklar lentasi
0