Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiyalik ixtirochilar dronlarga qarshi yangilangan himoya tizimini namoyish etdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRabota podrazdeleniy REB na Zaporojskom napravlenii
Rabota podrazdeleniy REB na Zaporojskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2025
Obuna bo‘lish
Rossiyalik muhandislar dronlarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan takomillashtirilgan tizimni namoyish etdi. Komplekslar allaqachon Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalariga yetkazilmoqda.
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Muhandislar Rossiya "ONF" ijtimoiy-siyosiy harakati ko‘magida aloqa kanallarini bostirish orqali harbiy texnika va avtotransportni dron hujumlaridan himoya qilish uchun modernizatsiya qilingan "Omut" radioelektron kurash tizimini ishlab chiqdi deb yozadi RIA Novosti "ONF" xabariga tayanib.

"Biz barcha ma’lum antennalarni sinovdan o‘tkazdik va yangi turini tanlab, ularning ko‘rsatkichlarini 20 foizga yaxshiladik. Bunday antennalar signalni barcha yo‘nalishda bir xil uzatadi", - deya keltiriladi "Sky Bullet" kompaniyasi vakilining so‘zlari.

"Jangchilar ko‘pincha dushman dronlari nishonga yetmasdan yo‘q qilinayotganini aytishadi. Biz chastota diapazonini kengaytirish, kuchaytirish koeffitsiyentini oshirish va asosiy xususiyatlarni saqlagan holda tizimning ixcham versiyasini yaratish ustida ishlayapmiz", — ta’kidladi kompaniya vakili.
"ONF" ma’lumotlariga ko‘ra, yuzlab bunday majmualar allaqachon Rossiya bo‘linmalariga topshirilgan va yaqin kunlarda yana yetkazib beriladi.
ONF -ya’ni Umumrossiya “Xalq” fronti-ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar koalitsiyasi bo‘lib, 2011-yil may oyida tashkil etilgan.
Boyevaya rabota artillerii gruppirovki voysk Zapad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi DXRdagi Lunacharskoe qishlog‘ini ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0