O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ikkita yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi

© © Sputnik / Amir IsayevKPP "Patar" v Kanibadame, arxivnoe foto
KPP Patar v Kanibadame, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2025
Obuna bo‘lish
10 avgustdan Toshkent hamda Sirdaryo viloyatlaridagi chegara bojxona postlari orqali uchinchi davlat fuqarolari hamda yengil avtotransport vositalari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
TOShKENT, 11 avg – Sputnik. 10-avgustdan O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida ikkita yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"2025 yil 10-avgust soat 6:00 dan e’tiboran Toshkent viloyatidagi “Bekobod avto” hamda Sirdaryo viloyatidagi "Xovosobod" chegara bojxona postlari orqali uchinchi davlat fuqarolari hamda yengil avtotransport vositalari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilamiz", - deyilgan xabarda.
Xabarga ko‘ra, postlar ikki davlat hukumatlari o‘rtasida imzolangan “Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risida"gi bitimga muvofiq amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston meva-sabzavot va boshqa tez buziladigan yuklarni tashish uchun yashil yo‘lak" tizimini joriy etishni taklif qilinayotgani to‘g‘risida yozgan edik.
Avtomobilniy punkt propuska Kaplanbek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2025
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida modernizatsiya qilingan nazorat-o‘tkazish punktlari ochildi
Yangiliklar lentasi
0