Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Putin va Pashinyan YeOII doirasida hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2025
Obuna bo‘lish
Putin va Pashinyan telefon orqali suhbat o‘tkazib, Janubiy Kavkazda tinchlikni ta’minlash bo‘yicha muhim qadamlar hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon suhbati davomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi savdo-investitsiyaviy hamkorlik va o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda ikki tomonlama kun tartibidagi ayrim dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, Pashinyan 8-avgust kuni Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi. Vladimir Putin Yerevan va Boku o‘rtasida mustahkam tinchlikni ta’minlashga hissa qo‘shadigan qadamlarning muhimligini ta’kidladi.
Rossiya tomoni 2020-2022 yillarda oliy darajada erishilgan uch tomonlama kelishuvlar doirasida Armaniston-Ozarbayjon munosabatlarini har tomonlama normallashtirishga, jumladan, mintaqadagi oldin yopilgan transport kommunikatsiyalarini qayta ochilishiga ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi.
Vladimir Putin o‘z navbatida AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan suhbatning asosiy natijalari hamda Alyaskada Donald Tramp bilan uchrashuvga tayyorgarlik haqida gapirdi. Armaniston bosh vaziri Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan qadamlarni olqishladi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Uborka urojaya pshenisi v Krasnoyarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII: Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0