Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2025
Obuna bo‘lish
Qabul vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentabrgacha (shu kuni ham) davom etadi.
TOShKENT, 11 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qabul vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentabrgacha (shu kuni ham) davom etadi. Abituriyentlar kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Kasbiy ta’lim tashkilotlariga boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga hujjat topshirish mumkin.
Tibbiyot texnikumlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.
2025/2026 o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 549 ta texnikumga jami 143 114 ta (shundan 66 484 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:
kunduzgi ta’limda — 102 194 ta (49 234 ta davlat granti);
kechki ta’limda — 2 250 ta;
dual ta’lim shaklida — 38 670 ta (17 250 ta davlat granti).
O‘tgan yili prezidentning “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, kasbiy ta’lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi.
2025 yil 1-yanvardan negizida texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi. Kasbiy ta’lim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha mas’ul organ etib Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilandi.
Student na ekzamene
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2025
Prezident huzurida yig‘ilish: oliy ta’limni jiddiy o‘zgarishlar kutmoqda
Yangiliklar lentasi
0