O‘zbekistonda Ai-92 markali benzin arzonlashdi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaAvtozapravochnaya stansiya.
Avtozapravochnaya stansiya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2025
Obuna bo‘lish
1 litr AI-92 avtobenzinining birjadagi boshlang‘ich narxi 9 400 so‘m bo‘ldi.
TOShKENT, 11 avg – Sputnik. O‘zbekistonda Ai-92 markali benzin arzonlashdi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabar berdi.
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilgan AI-92 rusumli avtobenzinning birja savdolaridagi 1 tonnasi boshlang‘ich narxi birinchi bosqichda 12 mln 881 ming so‘mdan 12 mln 628 ming so‘mga tushirildi. Bu esa o‘z navbatida, 1 litr AI-92 rusumidagi avtobenzinning birjadagi boshlang‘ich narxi 9 400 so‘m degani”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu nafaqat iste’molchilar uchun qulay narx, balki butun bozorga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
"O‘zbekneftgaz" ichki bozorni rivojlantirish va iste’molchilar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuqori oktanli yoqilg‘i narxlarini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlarini davom ettirishini ma’lum qilgan.
Proizvodstvo uglya nefti i gaza v Uzbekistane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2025
O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi qisqardi
Yangiliklar lentasi
0