Yangi orzular sari dadil qadamlar: 5 yoshidan suratkashlikni boshlagan Samira haqida

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Samira odamlar portretini chizish bilan ham shug‘ullanadi. Maktabdan so‘ng O‘zbekiston nogironlar shashka federatsiyasida tajriba orttirish uchun ko‘ngilli suratkash bo‘lib ham faoliyat yuritadi. Samira kelajakda xorijda, xususan, Rossiyada ta’lim olishni rejalashtirmoqda.
Samira Hasanova fotokameralar bilan ishlashni juda erta – 5 yoshidan boshlagan.
Uning bu sohaga qiziqishiga ustozi (bobosi) Abdurashid Madbabayev sababchi bo‘lgan. Madbabayev Yangiobod bozorida eski fotokameralar savdosi bilan shug‘ullanadi. U Samirani juda kichikligidan boshlab bozorga olib kelar edi. Ustoz va shogirdning har shanba va yakshanba kuni bozorga borishi odat tusiga aylangan. Samiraning suratga olishga muhabbati ham aynan mana shu eski kameralar bilan bog‘liq edi.
“Men birinchi marotaba suratga tushirishni 5 yoshimdan boshlaganman. Bozorga chiqqanimda endigina 5 yoshda edim. Bobom (ustozim) ko‘p eski fotoapparatlar savdosi bilan shug‘ullanar edi. Biz ko‘pincha karantin paytida bobom bilan ko‘chaga chiqar edik. Ko‘pincha gullarni, ko‘chalarni suratga olardik. Bu menga juda yoqar edi”, - deydi Samira.
Xorijdan kelgan ko‘plab sayyohlar yosh suratkash qizning iqtidoriga qoyil qolishadi. Bir necha yil oldin do‘konga chet ellik bir sayyoh – Garvard universiteti doktoranti kelganida Samira eski kamera bilan uni suratga olib qo‘ygan edi. Keyinchalik bu sayyoh bu portretni ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifasiga qo‘yib, “Bu mening eng yaxshi rasmim” deb izoh yozgan ekan.
“Ko‘plab davlatlardan sayyohlar meni qidirib kelishadi. Bu menga kuch, motivatsiya beradi. Surat olishga yanada qiziqishim ortaveradi”, - deydi fotograf.
Samira yosh bo‘lishiga qaramay, rus, o‘zbek va ingliz tilida so‘zlasha oladi. Hozir u mustaqil xitoy tilini ham o‘rganishni boshlagan. Bundan tashqari, Samira odamlar portretini chizish bilan ham shug‘ullanadi. Maktabdan so‘ng O‘zbekiston nogironlar shashka federatsiyasida tajriba orttirish uchun ko‘ngilli suratkash bo‘lib ham faoliyat yuritadi. Samira kelajakda xorijda, xususan, Rossiyada ta’lim olishni rejalashtirmoqda.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida ko‘ring.
Yangiliklar lentasi
0