O‘zbekiston “Avaza”dagi BMT konferensiyasida nimalar taqdim etdi?

© Ministerstvo Ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimataV Avaze zavershilas Konferensiya OON
V Avaze zavershilas Konferensiya OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2025
Obuna bo‘lish
Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, o‘nlab mamlakatlardan delegatsiyalar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
TOShKENT, 10 avg – Sputnik. Turkmanistonning "Avaza" milliy turizm hududida BMTning dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha III Konferensiyasi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, o‘nlab mamlakatlardan delegatsiyalar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
© Ministerstvo Ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimataV Avaze zavershilas Konferensiya OON
V Avaze zavershilas Konferensiya OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2025
V Avaze zavershilas Konferensiya OON
Konferensiya doirasida O‘zbekiston o‘zining Milliy pavilonini taqdim etdi. Unda madaniy meros, barqaror rivojlanish va mamlakatning zamonaviy kelajakka qarashlari uyg‘un tarzda mujassam etildi. Ekspozitsiya an’anaviy o‘zbek hovlisi shaklida bezatilib, milliy an’analar va mehmondo‘stlikni aks ettirdi. Bu yerda ishtirokchilar va mehmonlar mamlakatning madaniyati, hunarmandchiligi, gastronomiyasi va turistik salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
O‘zbekiston paviloniga Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, Esvatini qiroli Msvati III va boshqa ko‘plab yuqori martabali mehmonlar tashrif buyurdi.
© Ministerstvo Ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimataV Avaze zavershilas Konferensiya OON
V Avaze zavershilas Konferensiya OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2025
V Avaze zavershilas Konferensiya OON
Konferensiya doirasida “Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlarga moslashish salohiyatini oshirish, barqarorlikni kuchaytirish” mavzusida yuqori darajadagi panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va barqaror rivojlanishni ta’minlash borasidagi milliy sa’y-harakatlar haqida ma’ruza qildi.
© Ministerstvo Ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimataV Avaze zavershilas Konferensiya OON
V Avaze zavershilas Konferensiya OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2025
V Avaze zavershilas Konferensiya OON
Alohida e’tibor turizmni rivojlantirish masalasiga qaratildi. O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi vakillari “Turizm: dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy diversifikatsiya va inklyuzivlikni harakatlantiruvchi kuch” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etishdi. Sessiyada mamlakatning turizm sohasidagi yutuqlari — infratuzilmani rivojlantirish, madaniy merosni targ‘ib qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi.
“Shu tariqa, O‘zbekistonning "Avaza"da bo‘lib o‘tgan BMTning III Konferensiyasidagi ishtiroki nafaqat madaniy boyliklarni namoyish qilish, balki barqaror rivojlanishga qaratilgan muhim ekologik va iqtisodiy tashabbuslarni ilgari surishga imkon yaratdi”, - deyiladi xabarda.
Glavi gosudarstv posetili natsionalnie paviloni v Avaze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2025
Prezidentlar Avazadagi milliy pavilonlar bilan tanishdi — foto
Yangiliklar lentasi
0