https://oz.sputniknews.uz/20250808/sogliqni-saqlash-vazirligi-soxta-tabiblar-51116851.html
Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, keyingi paytlarda tegishli huquqqa ega bo‘lmasdan, ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash bilan shug‘ullanayotgan hamda bu orqali insonlar sog‘ligi va hayotiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan soxta tabiblar soni ko‘payib borapti.
2025-08-08T12:15+0500
2025-08-08T12:15+0500
2025-08-08T12:35+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/08/51120201_0:23:3072:1751_1920x0_80_0_0_44851998a893d7c4349ea2eb9dff6b59.jpg
TOShKENT, 8 avg – Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardagi soxta tabiblardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.Ta’kidlanishicha, keyingi paytlarda tegishli huquqqa ega bo‘lmasdan, ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash bilan shug‘ullanayotgan hamda bu orqali insonlar sog‘ligi va hayotiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan soxta tabiblar soni ko‘payib borapti.Vazirlik ijtimoiy tarmoqlar bu kabi shubhali xizmatlarni keng targ‘ib qiluvchi platformaga aylanib borayotgani, ularning asosiy auditoriyasi ham, mijozlari ham og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan fuqarolar bo‘layotgani afsus bilan qayd etgan.Shu sababli SSV ijtimoiy tarmoqlarda soxta tabiblik bilan shug‘ullanib, o‘zini reklama qilayotgan holatlar va qo‘llanayotgan muolaja usullari dalillarga asoslangan tibbiyotning davolash uslublariga kirmasligini bildirdi.Bunday soxta usullar belgilangan diagnostika va davolash milliy klinik protokollari hamda standartlariga mutlaqo muvofiq emasligi ta’kidlangan. Qolaversa, yuqoridagi muolajalar bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga SSV tomonidan faoliyat yuritishlari uchun hech qanday litsenziya berilmagan.Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda litsenziyasiz tibbiy faoliyat yuritgani uchun 38 ta yuridik shaxsning har biri bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida, 2025-yilning 1-iyul holatiga esa 24 ta yuridik shaxs moliyaviy jarimaga tortilgan.Bugun mamlakatda 150 ta tadbirkorlik subyekti tegishli litsenziya asosida xalq tabobati yo‘nalishida faoliyat yuritib kelyapti.
https://oz.sputniknews.uz/20240724/sogliqni-saqlash-vazirligi-aholi-chuvalchang-44920404.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/08/51120201_29:0:2760:2048_1920x0_80_0_0_cc062787a0609b7b7067a204aec1994c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblar ogohlik
sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblar ogohlik
Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi
12:15 08.08.2025 (yangilandi: 12:35 08.08.2025) Ta’kidlanishicha, asosan og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan fuqarolar "g‘ayritabiiy qobiliyatlarga egaligi"ni iddao qilayotgan shaxslarga aldanib qolmoqda.
TOShKENT, 8 avg – Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardagi soxta tabiblardan ogoh bo‘lishga
chaqirdi.
Ta’kidlanishicha, keyingi paytlarda tegishli huquqqa ega bo‘lmasdan, ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash bilan shug‘ullanayotgan hamda bu orqali insonlar sog‘ligi va hayotiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan soxta tabiblar soni ko‘payib borapti.
Vazirlik ijtimoiy tarmoqlar bu kabi shubhali xizmatlarni keng targ‘ib qiluvchi platformaga aylanib borayotgani, ularning asosiy auditoriyasi ham, mijozlari ham og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan fuqarolar bo‘layotgani afsus bilan qayd etgan.
Shu sababli SSV ijtimoiy tarmoqlarda soxta tabiblik bilan shug‘ullanib, o‘zini reklama qilayotgan holatlar va qo‘llanayotgan muolaja usullari dalillarga asoslangan tibbiyotning davolash uslublariga kirmasligini bildirdi.
Bunday soxta usullar belgilangan diagnostika va davolash milliy klinik protokollari hamda standartlariga mutlaqo muvofiq emasligi ta’kidlangan. Qolaversa, yuqoridagi muolajalar bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga SSV tomonidan faoliyat yuritishlari uchun hech qanday litsenziya berilmagan.
"Shunday ekan, ijtimoiy tarmoqlardagi soxta tabiblardan ogoh bo‘ling! O‘zingiz, oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz salomatligini xavf ostiga qo‘ymang!" - deya ogohlikka chaqirdi vazirlik.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda litsenziyasiz tibbiy faoliyat yuritgani uchun 38 ta yuridik shaxsning har biri bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida, 2025-yilning 1-iyul holatiga esa 24 ta yuridik shaxs moliyaviy jarimaga tortilgan.
Bugun mamlakatda 150 ta tadbirkorlik subyekti tegishli
litsenziya asosida xalq tabobati yo‘nalishida faoliyat yuritib kelyapti.