Rossiya harbiylari bir hafta ichida 8 ta “Storm Shadow” qanotli raketani urib tushirdi

© Sputnik
/ Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari bir hafta ichida Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan 8 ta "Storm Shadow" qanotli raketani urib tushirdi va Qora dengiz floti tomonidan 3 ta ekipajsiz kater yo‘q qilindi.
TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari bir hafta ichida Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalari, Markaziy harbiy okruglar va Ukraina Qurolli kuchlari joylashgan joylarga uchuvchisiz uchish apparati va yuqori aniqlikdagi qurollar bilan 7 ta zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Rossiya Qurolli kuchlari bir hafta ichida Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan 8 ta "Storm Shadow" qanotli raketani urib tushirdi;
Rossiya Qurolli kuchlari bir hafta ichida ikkita aholi punktini ozod qildi;
"Dnepr" guruhi harakatlari natijasida Ukraina Qurolli kuchlari bir hafta ichida 490 nafardan ortiq harbiy va 24 ta o‘q-dori omborini yo‘qotdi;
"Shimol" guruhi mas’uliyat zonasida Ukraina Qurolli kuchlari bir hafta ichida 1 290 nafardan ortiq askarini yo‘qotdi;
"Janub" guruhi javobgarlik zonasida Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari bir hafta ichida 1 075 nafardan ortiq harbiy xizmatchini tashkil etdi;
- Ukraina Qurolli kuchlari bir hafta ichida ichida "Sharq" guruhi javobgarlik zonasida 1 530 nafardan ortiq harbiy xizmatchilarini yo‘qotdi;
Ukraina Qurolli kuchlari bir hafta ichida "Markaz" qo‘shinlari guruhi mas’ul hududida 2 725 nafargacha askarini yo‘qotdi;
Ukraina Qurolli kuchlari bir hafta ichida "G‘arb" qo‘shinlar guruhining mas’uliyat zonasida 1615 nafardan ortiq askarini yo‘qotdi.
Shuningdek, Qora dengiz floti tomonidan Qora dengiz akvatoriyasida bir hafta ichida Ukraina Qurolli kuchlarining 3 ta ekipajsiz kateri yo‘q qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
