Rossiyaning Omsk shahridagi “Do‘stlik” uyiga o‘zbek tilidagi kitoblar topshirildi

© IA "Dunyo"
Obuna bo‘lish
Omsk shahridagi “Do‘stlik” uyida O‘zbekistonning madaniy-ma’rifiy salohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Rossiyaning Omsk shahridagi O‘zbekiston xalqlari ijtimoiy-madaniy markazi va “Do‘stlik” uyiga o‘zbek tilidagi kitoblar topshirildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Omsk shahridagi “Do‘stlik” uyida O‘zbekistonning madaniy-ma’rifiy salohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Knigi na uzbekskom yazike bili peredani Sotsialno-kulturnomu sentru narodov Uzbekistana i Domu "Dustlik" v Omske, Rossiya.
© IA "Dunyo"
Tadbirda so‘zga chiqqan bosh konsul Aslam Akbarov o‘zbek madaniyati, ilm-fani va adabiyotining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi haqida to‘xtaldi. Shuningdek, Omsk viloyati jamoatchiligini zamonaviy O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot yo‘li bilan yaqindan tanishtirish muhimligini ta’kidladi.

Knigi na uzbekskom yazike bili peredani Sotsialno-kulturnomu sentru narodov Uzbekistana i Domu "Dustlik" v Omske, Rossiya.
© IA "Dunyo"
Anjuman doirasida O‘zbekiston milliy liboslari, kulolchilik namunalari, shirinliklar, sarxil mevalar bilan bezatilgan pavilon tashkil etildi. O‘zbek tilida kuy va qo‘shiqlar ham ijro etildi.

Knigi na uzbekskom yazike bili peredani Sotsialno-kulturnomu sentru narodov Uzbekistana i Domu "Dustlik" v Omske, Rossiya.
© IA "Dunyo"
“Vatandoshlar” jamoat fondi va O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Omsk shahridagi O‘zbekiston xalqlari ijtimoiy-madaniy markazi va “Do‘stlik” uyi rahbariyatiga kitoblar, milliy cholg‘u asboblari va liboslar topshirildi.
