Oktabrda O‘zbekiston va Eron tadbirkorlari o‘rtasida biznes-forum o‘tkaziladi

© Ministerstvo selskogo xozaystvaFlagi Uzbekistana i Irana
Flagi Uzbekistana i Irana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2025
Obuna bo‘lish
Tabriz Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Samad Hasanzoda joriy yil 2–5 oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 6 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Eron tadbirkorlari o‘rtasida oktabr oyida biznes-forum o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
5 avgust kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Eronning Tabriz shahri Savdo-sanoat, konchilik hamda qishloq xo‘jaligi palatasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Torgovo-promishlennaya palataV oktabre proydet biznes-forum mejdu uzbekskimi i iranskimi predprinimatelyami
V oktabre proydet biznes-forum mejdu uzbekskimi i iranskimi predprinimatelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2025
V oktabre proydet biznes-forum mejdu uzbekskimi i iranskimi predprinimatelyami
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, Tabriz Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Samad Hasanzodaning joriy yil 2–5 oktabr kunlari O‘zbekistonga navbatdagi tashrifi doirasida biznes-forum va B2B uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, tadbirkor ayollar ishtirokida alohida sessiya o‘tkazish taklifi ham ilgari surildi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova mazkur tashabbuslar to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini, tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish va amalga oshirishda barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Ikki tomon o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun doimiy muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Podpisan memorandum o vzaimoponimanii po razvitiyu tranzitnogo sotrudnichestva mejdu Iranom i Uzbekistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2025
O‘zbekiston va Eron tranzit va savdo aloqalarini kengaytirishga kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0