https://oz.sputniknews.uz/20250806/chaqaloqlar-ona-suti-jsst-yunisef-51076814.html
Dunyo bo‘yicha atigi 48 foiz chaqaloqlar ona suti bilan oziqlantirilmoqda — JSST va YuNISEF
Dunyo bo‘yicha atigi 48 foiz chaqaloqlar ona suti bilan oziqlantirilmoqda — JSST va YuNISEF
Sputnik O‘zbekiston
Dunyo bo‘yicha atigi 48 foiz chaqaloqlar ona suti bilan oziqlantirilmoqda. JSST va YuNISEF rahbarlari — Ketrin Rassel va Tedros Gebreyesus tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda shu haqda ta’kidlandi.
2025-08-06T11:15+0500
2025-08-06T11:15+0500
2025-08-06T11:15+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
jsst
sut
yangi tug‘ilgan chaqaloq
bayonot
ayollar
salomatlik
shifokor
hamshira
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/09/22624829_0:133:3169:1916_1920x0_80_0_0_826b23107e657b46b053a20dc60fb68e.jpg
TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Dunyo bo‘yicha atigi 48 foiz chaqaloqlar ona suti bilan oziqlantirilmoqda. JSST va YuNISEF rahbarlari — Ketrin Rassel va Tedros Gebreyesus tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda shu haqda ta’kidlandi.Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligiga bag‘ishlangan ushbu hisobotda keltirilishicha, hozir dunyo bo‘yicha olti oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarning bor-yo‘g‘i 48 foizi to‘liq emizilmoqda.Bu esa Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi tomonidan 2030-yilgacha belgilangan marra — 60 foizlik ko‘rsatkichdan ancha past.Shifokor va hamshiralarni tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida emizikli bolalarni oziqlantirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘ygan mamlakatlar soni 20 foizdan oshmaydi.Qator davlatlarda ona suti bilan parvarishlashni qo‘llab-quvvatlash mexnazmlari ishlab chiqilmagan. Bu borada doimiy monitoring dasturlari mavjud emas.Shundan kelib chiqib, JSST va YuNISEF hukumatlar, sog‘liqni saqlash tashkilotlari va boshqa hamkorlarni onalar va chaqaloqlarga ko‘rsatiladigan parvarish, jumladan, emizishni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini moliyalashtirishga chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250719/uzbekistan-airways-bort-chaqaloq-50657750.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/09/22624829_444:0:3006:1922_1920x0_80_0_0_655a306badf8c02ef479374f17e38362.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
chaqaloqlar ona suti jsst yunisef
chaqaloqlar ona suti jsst yunisef
Dunyo bo‘yicha atigi 48 foiz chaqaloqlar ona suti bilan oziqlantirilmoqda — JSST va YuNISEF
Hozir dunyo bo‘yicha olti oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarning bor-yo‘g‘i 48 foizi to‘liq emizilmoqda.
TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Dunyo bo‘yicha atigi 48 foiz chaqaloqlar ona suti bilan oziqlantirilmoqda. JSST va YuNISEF rahbarlari — Ketrin Rassel va Tedros Gebreyesus tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda shu haqda
ta’kidlandi.
Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligiga bag‘ishlangan ushbu hisobotda keltirilishicha, hozir dunyo bo‘yicha olti oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarning bor-yo‘g‘i 48 foizi to‘liq emizilmoqda.
Bu esa Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi tomonidan 2030-yilgacha belgilangan marra — 60 foizlik ko‘rsatkichdan ancha past.
Ta’kidlanishicha, ba’zi mamlakatlarda ayollar farzandlarini ko‘krak suti bilan oziqlantirish borasida malakali tibbiy maslahat olish imkoniyatiga ega emas. Ayrimlari esa emizishning chaqaloq va ona salomatligi uchun naqadar muhimligidan bexabar.
Shifokor va hamshiralarni tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida emizikli bolalarni oziqlantirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘ygan mamlakatlar soni 20 foizdan oshmaydi.
Qator davlatlarda ona suti bilan parvarishlashni qo‘llab-quvvatlash mexnazmlari ishlab chiqilmagan. Bu borada doimiy monitoring dasturlari mavjud emas.
Shundan kelib chiqib, JSST va YuNISEF hukumatlar, sog‘liqni saqlash tashkilotlari va boshqa hamkorlarni onalar va chaqaloqlarga ko‘rsatiladigan parvarish, jumladan, emizishni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini moliyalashtirishga chaqirdi.