Narbayeva Jenevada mintaqaviy barqarorlik va islohotlarni muhokama qildi

© Senat Oliy Majlisa Respublika UzbekistanV Senate s poslom Rossiyskoy Federatsii v Uzbekistane obsujdeni perspektivi dvustoronnego sotrudnichestva
V Senate s poslom Rossiyskoy Federatsii v Uzbekistane obsujdeni perspektivi dvustoronnego sotrudnichestva
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2025
Obuna bo‘lish
Jenevada Senat raisi parlamentlararo hamkorlik, xotin-qizlar huquqlari sohasidagi islohotlar, shuningdek, Germaniya, Singapur, Qozog‘iston va Vengriya kabi qator davlatlar bilan strategik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Jenevada bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqqa a’zo mamlakatlar parlamentlari ayol spikerlarining 15-sammiti doirasida qator xorijiy davlatlar parlamentlari rahbarlari va nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Forum doirasida Narbayeva "BMT-ayollar" tashkilotining Jenevadagi bo‘lim direktori Sofiya Kalltorp bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglikni ta’minlash, bandlik va zo‘ravonlikka qarshi kurashish borasidagi islohotlarni muhokama qilishdi.
Germaniya, Singapur, Vengriya va Qozog‘iston parlamentlari vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlar davomida siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda tajriba almashish, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish, parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyatini faollashtirish kabi masalalarga e’tibor qaratildi
Xususan, Germaniya va Vengriya parlament a’zolarining o‘zaro rasmiy tashriflari rejalashtirilgan, Singapur bilan davlat boshqaruvini takomillashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.
Delegatsiya Uzbekistana v Jeneve vidvinula initsiativi po voprosam globalnogo mira i sotrudnichestva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2025
Global tinchlik va hamkorlik: Tanzila Narbayeva Jenevada qator tashabbuslarni ilgari surdi
Yangiliklar lentasi
0