"Yoshlar nigohidagi O‘zbekiston" — Toshkentdagi zamonaviy fotoko‘rgazma
"Yoshlar nigohidagi O‘zbekiston" — Toshkentdagi zamonaviy fotoko‘rgazma
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Fotosuratlar uyida “O‘zbekiston yosh fotograflar nigohida” nomli fotoko‘rgazma ish boshladi. Loyiha nomi har bir suratkashning Vatanga — uning tabiati, shaharlari, odamlari va voqealariga bo‘lgan shaxsiy munosabatini aks ettiradi.Ekspozitsiyada 21 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan to‘qqiz nafar muallifning reportaj, portret, manzara, buyum va hujjatli fotosurat janrlaridagi asarlari joy olgan. Ko‘rgazmada tajribali fotograflar bilan bir qatorda o‘z ijodiy faoliyatini endigina boshlayotgan yosh suratkashlar ham ishtirok etmoqda.Ko‘rgazmaning e’tiborga molik jihatlaridan biri — eshitish imkoniyati cheklangan ikki nafar ijodkor, Gulnoza Adham va Mariya Malinovskayaning ishtirokidir. Ular o‘z faoliyati bilan inklyuzivlik g‘oyasini ilgari surib, jismoniy cheklovlar ijod va kasbiy o‘sishga to‘siq emasligini namoyon etmoqdalar.
Toshkentdagi Fotosuratlar uyida “O‘zbekiston yosh fotograflar nigohida” nomli fotoko‘rgazma ish boshladi. Loyiha nomi har bir suratkashning Vatanga — uning tabiati, shaharlari, odamlari va voqealariga bo‘lgan shaxsiy munosabatini aks ettiradi.Ekspozitsiyada 21 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan to‘qqiz nafar muallifning reportaj, portret, manzara, buyum va hujjatli fotosurat janrlaridagi asarlari joy olgan. Ko‘rgazmada tajribali fotograflar bilan bir qatorda o‘z ijodiy faoliyatini endigina boshlayotgan yosh suratkashlar ham ishtirok etmoqda.Ko‘rgazmaning e’tiborga molik jihatlaridan biri — eshitish imkoniyati cheklangan ikki nafar ijodkor, Gulnoza Adham va Mariya Malinovskayaning ishtirokidir. Ular o‘z faoliyati bilan inklyuzivlik g‘oyasini ilgari surib, jismoniy cheklovlar ijod va kasbiy o‘sishga to‘siq emasligini namoyon etmoqdalar.Loyiha O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va kreativ industriyalarni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur ko‘rgazma yosh mualliflar uchun o‘z ijodiy salohiyatini ochish, malakasini oshirish va yangi auditoriya bilan muloqot qilish imkonini yaratadi.Ko‘rgazma keng jamoatchilik uchun ochiq. Zamonaviy fotografiyaga qiziqqan, yoshlar ijodiga befarq bo‘lmagan barcha hamurtlarimiz taklif etilmoqda.Ishtirokchilar:Abdumannon Muhammad, Azimjon Toshpo‘latov, Andrey Li, Vacheslav Primak, Gulnoza Adham, Marvarida Isroil, Mariya Malinovskaya, Rustam Mannanov, Sobir Muhammad.
Loyiha O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va kreativ industriyalarni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
Toshkentdagi Fotosuratlar uyida “O‘zbekiston yosh fotograflar nigohida” nomli fotoko‘rgazma ish boshladi. Loyiha nomi har bir suratkashning Vatanga — uning tabiati, shaharlari, odamlari va voqealariga bo‘lgan shaxsiy munosabatini aks ettiradi.
Ekspozitsiyada 21 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan to‘qqiz nafar muallifning reportaj, portret, manzara, buyum va hujjatli fotosurat janrlaridagi asarlari joy olgan. Ko‘rgazmada tajribali fotograflar bilan bir qatorda o‘z ijodiy faoliyatini endigina boshlayotgan yosh suratkashlar ham ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmaning e’tiborga molik jihatlaridan biri — eshitish imkoniyati cheklangan ikki nafar ijodkor, Gulnoza Adham va Mariya Malinovskayaning ishtirokidir. Ular o‘z faoliyati bilan inklyuzivlik g‘oyasini ilgari surib, jismoniy cheklovlar ijod va kasbiy o‘sishga to‘siq emasligini namoyon etmoqdalar.
Loyiha O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va kreativ industriyalarni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur ko‘rgazma yosh mualliflar uchun o‘z ijodiy salohiyatini ochish, malakasini oshirish va yangi auditoriya bilan muloqot qilish imkonini yaratadi.
Ko‘rgazma keng jamoatchilik uchun ochiq. Zamonaviy fotografiyaga qiziqqan, yoshlar ijodiga befarq bo‘lmagan barcha hamurtlarimiz taklif etilmoqda.
Ishtirokchilar: Abdumannon Muhammad, Azimjon Toshpo‘latov, Andrey Li, Vacheslav Primak, Gulnoza Adham, Marvarida Isroil, Mariya Malinovskaya, Rustam Mannanov, Sobir Muhammad.