https://oz.sputniknews.uz/20250731/tatil-rossiya-toshkent-viloyati-50974381.html
Unutilmas ta’til: Rossiyadan kelgan mehmonlar Toshkent viloyatidagi oromgohda dam oldi
Unutilmas ta’til: Rossiyadan kelgan mehmonlar Toshkent viloyatidagi oromgohda dam oldi
Sputnik O‘zbekiston
"Anor" yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida rossiyalik mehmonlar ishtirokidagi smena yakunlandi. Bransk va Belgorod viloyatlaridan kelgan bolalar 13 kunni Toshkent viloyatining xushmanzara Bo‘stonliq tumanida mazmunli o‘tkazishdi. Bolalar uchun yorqin dastur tayyorlandi: mahorat darslari, hindlarning Holi bayrami, diskotekalar va gulxan atrofida an’anaviy qo‘shiqlar.
2025-07-31T16:56+0500
2025-07-31T16:56+0500
2025-07-31T17:00+0500
o‘zbekiston - rossiya
bolalar
ta’til
yoz
toshkent viloyati
bo‘stonliq tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/1f/50959862_0:162:3066:1887_1920x0_80_0_0_1eb055f64ab712f5b4a0a6bd7cdcc901.jpg
TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. "Anor" yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida rossiyalik mehmonlar ishtirokidagi smena yakunlandi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Bransk va Belgorod viloyatlaridan kelgan bolalar 13 kunni Toshkent viloyatining xushmanzara Bo‘stonliq tumanida mazmunli o‘tkazishdi. Bolalar uchun yorqin dastur tayyorlandi: mahorat darslari, hindlarning Holi bayrami, diskotekalar va gulxan atrofida an’anaviy qo‘shiqlar."Iliq va samimiy qabul uchun O‘zbekistonga katta rahmat. Oxirgi kunda bizga lagerdagi dam olishimiz haqidagi videoroliklarni ko‘rsatishdi - men juda ta’sirlandim", - dedi belgorodlik Milana Junenko.Ko‘plab yigit-qizlar do‘stlar orttirishdi, ularning do‘stligi lagerdan keyin ham davom etadi.Smenaning yopilish marosimida Rossiyaning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Andrey Lanchikov, ikki davlat Kasaba uyushma federatsiyalari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti xodimlari ishtirok etdi.
bo‘stonliq tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/1f/50959862_207:59:2859:2048_1920x0_80_0_0_d451e34d72f4398005a0f9a8d543281e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
ta’til rossiya toshkent viloyati oromgoh
ta’til rossiya toshkent viloyati oromgoh
Unutilmas ta’til: Rossiyadan kelgan mehmonlar Toshkent viloyatidagi oromgohda dam oldi
16:56 31.07.2025 (yangilandi: 17:00 31.07.2025) Eksklyuziv
Bransk va Belgorod viloyatlari bolalari uchun yorqin va hodisalarga boy dastur tashkil etildi.
TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. "Anor" yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida rossiyalik mehmonlar ishtirokidagi smena yakunlandi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bransk va Belgorod viloyatlaridan kelgan bolalar 13 kunni Toshkent viloyatining xushmanzara Bo‘stonliq tumanida mazmunli o‘tkazishdi. Bolalar uchun yorqin dastur tayyorlandi: mahorat darslari, hindlarning Holi bayrami, diskotekalar va gulxan atrofida an’anaviy qo‘shiqlar.
"Har bir mamlakat takrorlanmas bo‘ladi, hamma joyda o‘z an’analari, o‘z taomlari bor. Bu yerda ob-havo g‘ayrioddiy - hammasi juda ajoyib. Bu xuddi tuganmas bayram va tuganmas yozga o‘xshaydi. Menga bu yer juda yoqdi", - deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi smenaning belgorodlik ishtirokchisi Sergey Bixun.
"Iliq va samimiy qabul uchun O‘zbekistonga katta rahmat. Oxirgi kunda bizga lagerdagi dam olishimiz haqidagi videoroliklarni ko‘rsatishdi - men juda ta’sirlandim", - dedi belgorodlik Milana Junenko.
Ko‘plab yigit-qizlar do‘stlar orttirishdi, ularning do‘stligi lagerdan keyin ham davom etadi.
"Biz o‘zaro raqamlarimiz bilan almashdik va endi muloqot qilib turamiz", – deya ishonch bildirdi Belgoroddan kelgan yana bir mehmon Vera Balabanova.
Smenaning yopilish marosimida Rossiyaning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Andrey Lanchikov, ikki davlat Kasaba uyushma federatsiyalari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti xodimlari ishtirok etdi.