Pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilarni dam olish maskanlariga qabul qilish tartibi belgilandi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishV Energodare otkrilsya proyekt "Atomklass"
V Energodare otkrilsya proyekt Atomklass - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2025
Obuna bo‘lish
Yo‘llanmalar yil davomida berilib, u yerda dam olish 12 kunlik kun tartibi asosida amala oshiriladi.
TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilarni dam olish maskanlariga qabul qilish tartibi belgilandi. Hukumat qarori (474-son, 29.07.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, maskanlarga yo‘llanmalar yil davomida berilib, u yerda dam olish 12 kunlik kun tartibi asosida amala oshiriladi.
Dam olish har yili quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari va ilg‘or pedagoglar uchun – sentabr-may oylarida;
iqtidorli o‘quvchilar uchun – iyun-avgust oylarida.
Har bir hududda maskanlarga dam oluvchilarni saralash uchun komissiyalar tashkil etiladi. Komissiyalar tomonidan maskanlarga 7-14 yoshli iqtidorli o‘quvchilar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi.
Shuningdek, dam olish maskaniga quyidagi ilg‘or pedagoglar tanlab olinadi:
xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar;
asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
respublika bosqichidagi ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
oliy va 1-malaka toifasiga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari;
asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar.
Belgilangan mezonlar bo‘yicha dam oluvchilarga ketma-ketlik asosida yo‘llanmalar beriladi.
Dilfuza Allayarova - sevimli o‘qituvchi va marafon bo‘yicha jahon chempioni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2024
Dilfuza Allayarova – sevimli o‘qituvchi va marafon bo‘yicha jahon chempioni
Yangiliklar lentasi
0