Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya droni DXRda NATO zirhli avtomobilini yo‘q qildi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishRossiyskie voyennie v zone provedeniya spetsoperatsii
Rossiyskie voyennie v zone provedeniya spetsoperatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari FPV dronlari yordamida Konstantinovsk yo‘nalishi yaqinida Ukraina qo‘shinlariga tegishli bo‘lgan Amerikaning HMMWV zirhli mashinasiga zarba berdi. Zarba “Janubiy” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari tomonidan berildi.
TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining “Janub” qo‘shinlar guruhi tarkibidagi uchuvchisiz uchish apparati operatori NATO davlatlari tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan HMMWV zirhli avtomobilini yo‘q qildi. Voqea maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilayotgan hududning Konstantinovk yo‘nalishida sodir bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
© RIA NovostiKadr video unichtojeniya broneavtomobilya HMMWV na Konstantinovskom napravlenii
Kadr video unichtojeniya broneavtomobilya HMMWV na Konstantinovskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2025
Kadr video unichtojeniya broneavtomobilya HMMWV na Konstantinovskom napravlenii
Obyektiv nazorat kadrlarida zirhli avtomobil Ukraina Qurolli kuchlarining jihozlangan pozitsiyalaridan birida turganini ko‘rish mumkin. Rossiyaning 72-alohida motoo‘qchi brigadasi jangchilari NATO texnikasini aniqladilar, shundan so‘ng “Janub” guruhining 6-motoo‘qchi diviziyasining 27-artilleriya polki FPV harbiy xizmatchilari osmondan kuzatib va aniqlik kiritib, nishonni yo‘q qilgan.
“Janub” qo‘shinlar guruhi vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan zirhli mashinani to‘liq yo‘q qilish uchun ikki dona zarba beruvchi dron sarflangan.
Boyevaya rabota artdiviziona SVO na Avdeyevskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi DXR va Zaporojyedagi ikkita aholi punktini ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0