O‘zbekiston delegatsiyasi XOQ va World Aquatics rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi

© NOK UzbekistanaObsujdeni novie etapi sotrudnichestva s World Aquatics
Obsujdeni novie etapi sotrudnichestva s World Aquatics - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalqaro sport maydonidagi o‘rnini mustahkamlamoqda: Singapurda mamlakat vakillari xalqaro sport tashkilotlari rahbarlari bilan suv sport turlarini rivojlantirish va Olimpiya hamkorligini kengaytirish rejalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Singapurda suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi yetakchi xalqaro sport tashkilotlari rahbariyati bilan bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirlarda O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti Otabek Umarov hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etishdi.
© NOK UzbekistanaObsujdeni novie etapi sotrudnichestva s World Aquatics
Obsujdeni novie etapi sotrudnichestva s World Aquatics - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2025
Obsujdeni novie etapi sotrudnichestva s World Aquatics
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Butunjahon suzish federatsiyasi (World Aquatics) prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi Bosh direktori Husayn Al-Musallam bilan uchrashuv o‘tkazdi, uchrashuv boshida World Aquatics rahbari Shahnoza Mirziyoyevani tashkilot Ijroiya qo‘mita burosining tarkibiga saylangani bilan qutladi. Suhbat davomida suv sporti turlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish borasida fikr almashishdi va sohada malakali kadrlarni yanada ko‘paytirish borasidagi rejalar muhokama qilindi. Al-Musallam o‘zbekistonlik sportchilarning yuqori salohiyatini qayd etib, hamkorlik jadal rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi.
Shuningdek, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Kirsti Koventri hamda Olimpiya birdamligi dasturi direktori, XOQning Milliy Olimpiya qo‘mitalari bilan ishlash departamenti rahbari Jeyms Makleod bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Kirsti Koventriga Xalqaro olimpiya harakatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirishdi.
© NOK UzbekistanaSostoyalas vstrecha s Prezidentom MOK Kirsti Koventri
Sostoyalas vstrecha s Prezidentom MOK Kirsti Koventri  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2025
Sostoyalas vstrecha s Prezidentom MOK Kirsti Koventri
Kirsti Koventri, o‘z navbatida, Shahnoza Mirziyoyevaning World Aquatics Ijroiya qo‘mitasi Burosining tarkibiga kirganligi bilan tabrikladi. Sobiq suzuvchi sifatida ushbu mas’uliyatli lavozimning ahamiyati haqida gapirib, maslahatlar berdi.
Shaxnoza Mirziyoyeva izbrana chlenom Buro Ispolnitelnogo komiteta World Aquatics - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2025
Shahnoza Mirziyoyeva World Aquatics Ijroiya qo‘mitasi Burosi a’zoligiga saylandi
Yangiliklar lentasi
0