Andijonda uyda tashkil etilgan ustaxona yonib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

© pexels.ciom/Vladimir ShipitsinGorashee zdanie
Gorashee zdanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2025
Obuna bo‘lish
Fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in oqibatida u hodisa joyida vafot etgan.
TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Andijon viloyatining Asaka tumanidagi uyda yuz bergan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat FVB matbuot xizmatiga ko‘ra, yong‘in haqida xabar 28-iyul kuni soat 18:21 da kelib tushgan. Soat 18:26 da Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 18:54 da batamom o‘chirilgan.
Viloyat prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, “Ne’matobod” MFYda joylashgan bu uyda avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etilgan bo‘lgan. Unda ishlovchi fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in oqibatida u hodisa joyida vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining bildirishicha, yong‘in oqibatida bir nafar shaxs vafot etganidan tashqari, yana bir kishi og‘ir tan jarohati olgan. Shoxobcha ichida bo‘lgan “Labo” avtomashinasi to‘liq yonib ketgan.
Yong‘in yuzasidan Jinoyat kodeksining 259 (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yong‘in sabablari bo‘yicha yong‘in-texnikaviy va boshqa zarur ekspertizalar tayinlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Rabota AZS v Tambove. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2024
Farg‘onada yong‘in kelib chiqqan "zapravka" boshqa faoliyat olib bormaydi — FVV
Yangiliklar lentasi
0