Yozgi Universiada-2025: O‘zbekiston 15 ta medalga ega chiqdi

© Press-slujba Minsporta UzbekistanaUzbekistan stal pervim sredi stran SA na Vsemirnoy letney Universiade v Germanii
Uzbekistan stal pervim sredi stran SA na Vsemirnoy letney Universiade v Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyadagi o‘yinlarda 11 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etdi va mamlakat tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.
TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Germaniyada o‘tgan Reyn-Rur-2025 XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston umumjamoa hisobida 13-o‘rinni, Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa 1-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi o‘yinlarda 11 ta sport turi (kamondan otish, sport gimnastikasi, yengil atletika, suvga sakrash, dzudo, badiiy gimnastika, eshkak eshish, suzish, stol tennisi, taekvondo WT va tennis) bo‘yicha 18 ta oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi 53 nafar sportchidan iborat tarkib bilan ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik sportchilar 5 ta sport turi bo‘yicha (suzish, badiiy gimnastika, yengil atletika, taekvondo WT, dzudo) 4 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza, jami 15 ta medalga ega chiqdi. Bu bilan ular mamlakat tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatishdi.
Universiada o‘yinlari 16-iyuldan 27-iyulga qadar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda 18 ta sport turi bo‘yicha butun dunyodan 5 100 nafardan ortiq talaba sportchi 234 ta jamlanma medallar uchun bahs olib bordi.
Yuniy taekvondist iz Uzbekistana priznan luchshim sportsmenom chempionata Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2025
O‘zbekistonlik yosh taekvondochi Osiyo chempionatining eng yaxshi sportchisi bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0