JChda ikkinchi g‘alaba: O‘zbekistonlik voleybolchilar Puerto-Riko ustidan g‘alaba qozondi

© Press-slujba NOK UzbekistanaVoleybolisti Uzbekistana obigrali sopernikov iz Puerto-Riko na ChM v Tashkente
Voleybolisti Uzbekistana obigrali sopernikov iz Puerto-Riko na ChM v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2025
Obuna bo‘lish
Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston U19 jamoasi Toshkentda o‘tayotgan jahon chempionatida ikkinchi g‘alabasiga erishdi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik voleybolchilar Puerto-Riko ustidan g‘alaba qozondi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston U19 jamoasi Toshkentda o‘tayotgan jahon chempionatida ikkinchi g‘alabasiga erishdi.
Puerto-Riko bilan bahs olib borgan yigitlar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi va 3:0 hisobida zafar quchishdi.
O‘zbekiston 3 – 0 Puerto-Riko
(25:18, 25:21, 25:14).
24 iyul – 3-avgust kunlari Toshkent voleybol bo‘yicha yigitlar o‘rtasida U19 yosh toifasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Musobaqada dunyoning eng kuchli 24 jamoasi g‘oliblik uchun bellashmoqda.
“A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi pley-off bosqichi yo‘llanmasi uchun Belgiya, Argentina, Puerto-Riko, Turkiya va Pokiston jamoalariga qarshi bahs olib bormoqda.
24 iyul kuni Turkiyaga qarshi bahs olib borgan yoshlar uch setda ishonchli g‘alabaga erishgandi. 25-iyul kuni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi pokistonlik tengqurlariga qarshi bahs olib bordi, bellashuv raqib jamoaning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi 28-iyul kuni Argentinaga, 29-iyul kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boradi.
V Tashkente sostoyalas torjestvennaya seremoniya otkritiya chempionata mira U19 po voleybolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2025
Toshkentda voleybol bo‘yicha jahon chempionati start oldi
Yangiliklar lentasi
0