https://oz.sputniknews.uz/20250727/energetika-vazirligi-moynoq-quduq-gaz-50871461.html
Energetika vazirligi Mo‘ynoqdagi quduqdan chiqayotgan gaz bo‘yicha bayonot berdi
Energetika vazirligi Mo‘ynoqdagi quduqdan chiqayotgan gaz bo‘yicha bayonot berdi
Sputnik O‘zbekiston
26 iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani, “Uchsoy” OFY hududida joylashgan “Muynoq” konida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari davomida 5000 metr chuqurlikka mo‘ljallangan 1-sonli quduqda 4707 metr chuqurlikdan gaz chiqishi kuzatildi. Ta’kidlanishicha, bu quduq — ushbu konda burg‘ilash ishlari boshlangan birinchi quduq hisoblanadi.
2025-07-27T14:44+0500
2025-07-27T14:44+0500
2025-07-27T14:50+0500
jamiyat
hodisalar
qoraqalpog‘iston
mo‘ynoq tumani
energetika vazirligi
gaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/08/18227003_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_858b6ccded2b3224441f9d28b816c26b.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Mo‘ynoqdagi quduqdan chiqayotgan gaz aholi turar joylaridan uzoqda va tarkibi zararsiz. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Kecha, 26-iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani, “Uchsoy” OFY hududida joylashgan “Muynoq” konida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari davomida 5000 metr chuqurlikka mo‘ljallangan 1-sonli quduqda 4707 metr chuqurlikdan gaz chiqishi kuzatildi. Ta’kidlanishicha, bu quduq — ushbu konda burg‘ilash ishlari boshlangan birinchi quduq hisoblanadi.Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgan paytdan boshlab barcha tegishli tashkilotlar mutasaddilari voqea joyida bo‘lib turibdi.Ta’kidlanishicha, holatni bartaraf etish uchun xizmat qilayotgan ishchi xodimlar sog‘lig‘ini saqlash, shuningdek, atrof-muhit va hayvonot olamiga zarar yetishining oldini olish maqsadida gaz nazorat ostida yoqib qo‘yildi.Hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.
mo‘ynoq tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/08/18227003_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_1b3be41d27198ee29afa40281ed8206d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika vazirligi mo‘ynoq quduq gaz
energetika vazirligi mo‘ynoq quduq gaz
Energetika vazirligi Mo‘ynoqdagi quduqdan chiqayotgan gaz bo‘yicha bayonot berdi
14:44 27.07.2025 (yangilandi: 14:50 27.07.2025) Vazirlik: Eng asosiysi, ushbu quduq aholi yashash joyidan uzoqda va gaz tarkibida oltingugurt yo‘q bo‘lgan toza metan hisoblanadi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Mo‘ynoqdagi quduqdan chiqayotgan gaz aholi turar joylaridan uzoqda va tarkibi zararsiz. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Kecha, 26-iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani, “Uchsoy” OFY hududida joylashgan “Muynoq” konida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari davomida 5000 metr chuqurlikka mo‘ljallangan 1-sonli quduqda 4707 metr chuqurlikdan gaz chiqishi kuzatildi. Ta’kidlanishicha, bu quduq — ushbu konda burg‘ilash ishlari boshlangan birinchi quduq hisoblanadi.
“Gaz bosimi kutilgan darajadan yuqori bo‘lganligi sababli, barcha xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda quduqni likvidatsiya qilish va bosimni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgan paytdan boshlab barcha tegishli tashkilotlar mutasaddilari voqea joyida bo‘lib turibdi.
“Eng asosiysi, ushbu quduq aholi yashash joyidan uzoqda va gaz tarkibida oltingugurt yo‘q bo‘lgan toza metan hisoblanadi. Qayd etish joizki, Usturt hududidagi barcha konlardan olinadigan tabiiy gaz tarkibida oltingugurt uchramaydi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, holatni bartaraf etish uchun xizmat qilayotgan ishchi xodimlar sog‘lig‘ini saqlash, shuningdek, atrof-muhit va hayvonot olamiga zarar yetishining oldini olish maqsadida gaz nazorat ostida yoqib qo‘yildi.
Hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.