O‘zbekistonlik dzudochi olimpiada sovrindorini mag‘lub etib, “Katta dubulg‘a” chempioni bo‘ldi

© NOK UzbekistanaV Ulan-Batore startoval turnir "Bolshogo shlema" po dzudo.
V Ulan-Batore startoval turnir Bolshogo shlema po dzudo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2025
Obuna bo‘lish
-66 kg vazn toifasida qatnashgan Abdurahim Nutfulloyev barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochi Abdurahim Nutfulloyev Ulan-Bator “Katta dubulg‘a” chempioniga aylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi start oldi. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki kunning o‘zida oltin medal yozildi.
-66 kg vazn toifasida qatnashgan Abdurahim Nutfulloyev barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.
Nutfulloyev final bellashuvida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori, moldovalik Denis Viyeruni mag‘lubiyatga uchratishni uddaladi.
25-27 iyul kunlari Mo‘g‘uliston poytaxtida dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Muxriddin Tilovov - bronzoviy prizor Bolshogo shlema v Astane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2025
O‘zbekistonlik dzudochi Ostona “Katta dubulg‘a” turnirida medal qo‘lga kiritdi
Yangiliklar lentasi
0