https://oz.sputniknews.uz/20250725/ozbekiston-shri-lanka-elchi-50850992.html
O‘zbekistonning Shri-Lankadagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Shri-Lankadagi birinchi elchisi tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Shri-Lankadagi birinchi favqulodda va muxtor elchisi Alisher To‘xtayev Shri-Lanka prezidenti Anur Kumar Disanayakka ishonch yorliqlarini topshirdi
2025-07-25T15:54+0500
2025-07-25T15:54+0500
2025-07-25T16:21+0500
siyosat
o‘zbekiston
shri-lanka
elchi
hamkorlik
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/19/50850656_0:2:1280:722_1920x0_80_0_0_4b5cf1b3622870064eebd4feacfe7002.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning Shri-Lankadagi birinchi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Islomobod shahrida) Alisher To‘xtayev Shri-Lanka prezidenti Anur Kumar Disanayakka ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.Muloqot chog‘ida, siyosat, savdo, investitsiya, turizm, ta’lim va agrotexnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, raqamlashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida Shri-Lanka prezidenti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy salom va eng ezgu tilaklarini yo‘llab, samarali hamkorlikka umid bildirdi.Eslatib o‘tamiz, Alisher To‘xtayev 2024-yilning oktabr oyidan buyon O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Bungacha u tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.
o‘zbekiston
shri-lanka
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/19/50850656_158:0:1122:723_1920x0_80_0_0_ac4e9b5d538d2c8d6e6b712fb560959a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston shri-lanka elchi
o‘zbekiston shri-lanka elchi
O‘zbekistonning Shri-Lankadagi birinchi elchisi tayinlandi
15:54 25.07.2025 (yangilandi: 16:21 25.07.2025) Shri-Lanka prezidenti O‘zbekistonning Kolombodagi birinchi elchisi tayinlanganini tarixiy voqea sifatida baholadi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning Shri-Lankadagi birinchi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Islomobod shahrida) Alisher To‘xtayev Shri-Lanka prezidenti Anur Kumar Disanayakka ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda "Dunyo" AA
xabar berdi. Shri-Lanka prezidenti O‘zbekistonning Kolombodagi birinchi elchisi tayinlanganini tarixiy voqea sifatida baholadi va bu qadam ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini qayd etdi.
Muloqot chog‘ida, siyosat, savdo, investitsiya, turizm, ta’lim va agrotexnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar, raqamlashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Shri-Lanka prezidenti ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidlab, shu yo‘nalishda tashabbuslar, jumladan, Qo‘shma hukumatlararo komissiya tuzish taklifini ilgari surdi.
Uchrashuv yakunida Shri-Lanka prezidenti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy salom va eng ezgu tilaklarini yo‘llab, samarali hamkorlikka umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Alisher To‘xtayev 2024-yilning oktabr oyidan buyon O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Bungacha u tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.