Mirziyoyev tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev poblagodaril zarubejnix liderov i partnerov za pozdravleniya
Shavkat Mirziyoyev poblagodaril zarubejnix liderov i partnerov za pozdravleniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2025
Obuna bo‘lish
Prezident ushbu tabrik va tilaklarni ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom sifatida qabul qilishini ta’kidlagan.
TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kuni munosabati bilan muborakbod etib, o‘zlarining samimiy qutlovlari va ezgu tilaklarini bildirgan barchaga chuqur minnatdorlik izhor etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Tug‘ilgan kunim munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etib, o‘zlarining samimiy qutlovlari va ezgu tilaklarini bildirgan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar yetakchilariga, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, yurtimizdagi mehnat jamoalari, mahallalar, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari faollariga, tadbirkorlarimizga, mamlakatimiz va chet ellardagi barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorlik izhor etaman”, - deydi Mirziyoyev.
Prezident ushbu tabrik va tilaklarni ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom sifatida qabul qilishini ta’kidlagan.
“Barcha tashabbus va dasturlarimizni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan mard va olijanob xalqimizga yana bir bor chin dildan farzandlik mehrim va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman”, - deydi O‘zbekiston prezidenti.
Gosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2025
Putin Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Yangiliklar lentasi
0