DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati rahbari va vazirlari bilan uchrashdi

© telegram/xavfsizlikBaxodir Qurbonov provel vstrechi s predsedatelem Slujbi razvedki Afganistana, ministrami oboroni i vnutrennix del
Baxodir Qurbonov provel vstrechi s predsedatelem Slujbi razvedki Afganistana, ministrami oboroni i vnutrennix del - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2025
Obuna bo‘lish
Muzokaralar davomida mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, Afg‘onistonni halqaro munosabatlarning to‘laqonli a’zosiga aylantirish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom ettirilayotgani ta’kidlandi.
TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Kecha, 22-iyul kuni, O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Kobul shahrida Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi Abdul Haq Vosiq bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar davomida mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, Afg‘onistonni halqaro munosabatlarning to‘laqonli a’zosiga aylantirish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom ettirilayotgani ta’kidlandi.
Xususan, O‘zbekiston prezidentining Birlashgan millatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro anjumanlarda afg‘on masalasi bo‘yicha yakdil pozitsiyadagi chiqishlari keltirib o‘tildi.
Shuningdek, muloqotda O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaralarida daxlsizlikni saqlash, chegara punktlarida kirish-chiqish rejimini yanada takomillashtirish, narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga hamda terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shu kuni Afg‘oniston mudofaa vaziri Mullo Muhammad Yoqub hamda ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
“Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarni do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik ruhida rivojlantirishga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.
Prezident prinyal ispolnyayushego obazannosti zamestitelya Premyer-ministra Afganistana po ekonomicheskim voprosam Mullu Abdul Gani Baradara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2025
Mirziyoyev Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0