Maktabdagi so‘nggi 6-yillik o‘rtacha baholar test sinovlari balliga qo‘shilmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstupitelnie ekzameni
Vstupitelnie ekzameni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2025
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan abituriyentlar shahodatnomasidagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan bo‘ldi.
TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda maktabdagi so‘nggi 6-yillik o‘rtacha baholar test sinovlari balliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi.

19 iyul kuni qabul qilingan prezident farmoni (PF-114-sonli) bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi "Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori o‘z kuchini yo‘qotishi belgilandi.

2021 yilgi qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomalaridagi so‘nggi 6-yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘qishga kirishda inobatga olinishi va to‘plangan ballga o‘rtacha baho qo‘shib berilishi kerak edi.

Masalan, 130 ball to‘plagan abituriyentga 3, 4 yoki 5 baho uchun mos ravishda 3, 4 yoki 5 ball qo‘shilishi rejalashtirilgandi. Biroq ushbu tartibni joriy qilish 2023 yilda 2-yilga kechiktirilgan edi.

19 iyuldagi farmon bilan esa 2021-yilgi ushbu qaror batamom bekor qilinib, shahodatnomadagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan bo‘ldi.
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2025
Talabalarni qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi
Yangiliklar lentasi
0