O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar soni 5,5 mln nafardan oshdi

© Sputnik / Baxrom XatamovMaster natsionalnoy vishivki, arxivnoe foto
Master natsionalnoy vishivki, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2025
Obuna bo‘lish
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 58 fozini erkaklar, 42 foizini ayollar tashkil qiladi.
TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda 2025-yil 1-iyul holatiga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 5,5 million nafardan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 56 foizga (2,1 mln nafar) oshgan.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 58 fozini erkaklar, 42 foizini ayollar tashkil qiladi.
O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:
maishiy xizmatlar — 51,4% (735,1 ming);
qishloq xo‘jaligi xizmatlari — 66,1% (606,9 ming);
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 64,4% (213,2 ming).
Hududlar kesimida eng ko‘p Samarqand viloyatida (593,2 ming kishi) fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Toshkent (538,8 ming) va Qashqadaryo viloyatlari (517,5 ming).
2025 yilda 184,2 ming fuqaro yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan.
2026 yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 104 tadan 72 taga qisqaradi. Sartaroshlik, repetitorlik, foto-videochilik, kopirayterlik va boshqalar ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi. Ammo uchta yangi ish, jumladan, marketpleyslarda savdo qilish kiritiladi.
Kuryer na elektrosamokat na trotuare. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2025
Kuryerlik faoliyati tartibi belgilandi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0