https://oz.sputniknews.uz/20250720/taxmina-ikromova-universiada-oyinlari-50665200.html
Olti yillik tanaffus: Taxmina Ikromova Universiada o‘yinlarida 2 ta oltin medalga ega chiqdi
Olti yillik tanaffus: Taxmina Ikromova Universiada o‘yinlarida 2 ta oltin medalga ega chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Germaniyada o‘tayotgan yozgi Universiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi
2025-07-20T10:18+0500
2025-07-20T10:18+0500
2025-07-20T10:18+0500
sport
o‘zbekiston
germaniya
taxmina ikromova
oltin medal
gimnastika
taekvondo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/14/50664628_0:69:1280:789_1920x0_80_0_0_e4c9aca208a88f884242c7ef20c9b443.jpg
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Germaniyada o‘tayotgan yozgi Universiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.Taxmina Ikromova halqadagi mashqda ajoyib chiqishi bilan eng yuqori ball jamg‘arib, 6-yil kutilgan oltin medalni keltirdi. Shuningdek, u bulavalardagi mashqda ikkinchi natijani qayt etdi va yana bir kumush medalga sazovor bo‘ldi.Taxmina Ikromova tasmadagi dasturda ham eng yuqori ball jamg‘arib, o‘zi va O‘zbekiston delegatsiyasiga mazkur Universiadadagi ikkinchi oltin medalni keltirdi.-57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mirabzalova saralash bahslarida Meksika, Turkiya va Livan vakillarini mag‘lub etib, yarim finalgacha yetib keldi. Biroq ushbu bosqichda braziliyalik Mariya Pachekoga imkoniyatni boy berdi va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.Kechagi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250719/butunjahon-yozgi-universiada-oyinlari-ikromova-usmonov-50652725.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/14/50664628_69:0:1212:857_1920x0_80_0_0_ebbe2623579687d777ceced480ca85d5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
taxmina ikromova universiada o‘yinlari
taxmina ikromova universiada o‘yinlari
Olti yillik tanaffus: Taxmina Ikromova Universiada o‘yinlarida 2 ta oltin medalga ega chiqdi
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Germaniyada o‘tayotgan yozgi Universiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi
xabar berdi. Shu tariqa 6-yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi Universiada o‘yinlarining oltin medaliga ega chiqdi.
Taxmina Ikromova halqadagi mashqda ajoyib chiqishi bilan eng yuqori ball jamg‘arib, 6-yil kutilgan oltin medalni keltirdi. Shuningdek, u bulavalardagi mashqda ikkinchi natijani qayt etdi va yana bir kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Taxmina Ikromova tasmadagi dasturda ham eng yuqori ball jamg‘arib, o‘zi va O‘zbekiston delegatsiyasiga mazkur Universiadadagi ikkinchi oltin medalni keltirdi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik taekvondochi Madina Mirabzalova bronza medaliga ega chiqdi
-57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mirabzalova saralash bahslarida Meksika, Turkiya va Livan vakillarini mag‘lub etib, yarim finalgacha yetib keldi. Biroq ushbu bosqichda braziliyalik Mariya Pachekoga imkoniyatni boy berdi va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Kechagi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.