Putin va Tramp shaxsiy uchrashuvda katta kelishuvlarga erishishi mumkin — Peskov

© Sputnik / Sergey Guneyev
/ Obuna bo‘lish
Peskov: Putin va Trampning so‘nggi suhbati o‘z pozitsiyalarida qat’iy turgan, biroq bir-birini tinglashga tayyor odamlar o‘rtasidagi pragmatik suhbat bo‘ldi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Vladimir Putin va Donald Trampning shaxsiy uchrashuvi albatta bo‘lib o‘tadi, unda prezidentlar yirik kelishuvlarga erishishi mumkin, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossiya 1” jurnalisti Pavel Zarubinga.
“Ehtimol, bu (uchrashuv. - tahr.) katta hajmdagi ishlar amalga oshirilgandan so‘ng yakunda erishiladigan ba’zi yirik kelishuvlarni qayd etish uchun ham zarurdir. Lekin bu vaqt hali kelgani yo‘q. Bu ish hali bajarilishi kerak”, - deya ta’kidladi u.
Peskovning boshqa bayonotlari
Putin va Trampning so‘nggi suhbati o‘z pozitsiyalarida qat’iy turgan, biroq bir-birini tinglashga tayyor odamlar o‘rtasidagi pragmatik suhbat bo‘ldi.
Ukraina kelishuvi uzoq va qiyin jarayon bo‘lib, u kuch talab qiladi va Vashington buni tobora ko‘proq tushunmoqda.
“Tramp - dunyodagi eng yirik davlat, dunyodagi eng yirik iqtisodiyotning prezidenti. Qolaversa, hamma uning, ta’bir joiz bo‘lsa, ancha qattiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ritorikasiga ko‘nikib qolgan. Shu bilan birga, u tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilish niyatini tasdiqlaydi”, - deydi Peskov.
Putin Ukrainadagi vaziyatni imkon qadar tezroq tinch yo‘lga o‘tkazish istagi haqida bir necha bor gapirgan.
Rossiya bu masalada tezda harakat qilishga tayyor, ammo Moskva uchun asosiy narsa o‘z maqsadlariga erishishdir.
“Maqsadlarimiz aniq, ravshan, ular o‘zgarmaydi”, - dedi Peskov.
