https://oz.sputniknews.uz/20250720/ozbekiston-qozogiston-turistik-mahsulotlar-50667678.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston turkompaniyalari yangi turistik mahsulotlar ishlab chiqmoqchi
O‘zbekiston va Qozog‘iston turkompaniyalari yangi turistik mahsulotlar ishlab chiqmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi, O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Qozog‘istonning "FlyArystan" aviakompaniyasi 15-17 iyul kunlari Atirau shahrida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot va "Workshop" tadbirini o‘tkazdi.Tadbirlar Qozog‘istonning "FlyArystan" aviakompaniyasi tomonidan Atirau-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarning ochilishi munosabati bilan tashkil etildi.15 iyul kuni birinchi reys orqali Toshkent shahridan 19 nafar turistik kompaniyalar, sanatoriylar, tibbiy turizm va mehmonxona biznesi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Atirau shahriga keldi. O‘zbekiston delegatsiyasi Atirau xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida aviakompaniya va aeroport rahbariyati, Bosh konsulxona hamda mahalliy hokimiyat vakillari ishtirok etdi.
2025-07-20T12:21+0500
2025-07-20T12:21+0500
2025-07-20T12:23+0500
turizm
o‘zbekiston
qozog‘iston
hamkorlik
aviaparvozlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0a/50433532_0:56:1080:664_1920x0_80_0_0_df2402ad158bee23eebf52c135837ef4.jpg
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston turkompaniyalari yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqishga kelishib oldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi, O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Qozog‘istonning "FlyArystan" aviakompaniyasi 15-17 iyul kunlari Atirau shahrida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot va "Workshop" tadbirini o‘tkazdi.Tadbirlar Qozog‘istonning "FlyArystan" aviakompaniyasi tomonidan Atirau-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarning ochilishi munosabati bilan tashkil etildi.15 iyul kuni birinchi reys orqali Toshkent shahridan 19 nafar turistik kompaniyalar, sanatoriylar, tibbiy turizm va mehmonxona biznesi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Atirau shahriga keldi. O‘zbekiston delegatsiyasi Atirau xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida aviakompaniya va aeroport rahbariyati, Bosh konsulxona hamda mahalliy hokimiyat vakillari ishtirok etdi."FlyArystan" aviakompaniyasi tomonidan Atirau xalqaro aeroporti, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va "Visit Atyrau" turistik axborot markazi ko‘magida Qozog‘iston va O‘zbekistonning turizm kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.B2B formatidagi ushbu "workshop" tadbiri O‘zbekiston va Qozog‘istonning yetakchi turizm agentliklarini, shuningdek, sanatoriy-kurort maskanlari, sog‘lomlashtirish markazlari, mehmonxonalar va tibbiy turizm sohasidagi tashkilotlar vakillarini birlashtirdi.Atirau viloyati vakillari hududning sayyohlik salohiyati, jumladan tabiiy, tarixiy va etnoturizm yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi. Alohida e’tibor Sarayshiq shaharchasi, Kigash darosining lotos gullari bilan qoplangan hududlari va osetr baliqlari yetishtirish zavodiga qaratildi.Safar davomida O‘zbekiston vakillari Atirau viloyatining sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishdi.Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, birgalikda yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib oldilar.
https://oz.sputniknews.uz/20250307/ozbekiston-qozogiston-savdo-iqtisodiy-aloqalar-48281576.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0a/50433532_60:0:1020:720_1920x0_80_0_0_514b68a7d6a80b3d35e35d361514278c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qozog‘iston turistik mahsulotlar
o‘zbekiston qozog‘iston turistik mahsulotlar
O‘zbekiston va Qozog‘iston turkompaniyalari yangi turistik mahsulotlar ishlab chiqmoqchi
12:21 20.07.2025 (yangilandi: 12:23 20.07.2025) Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, birgalikda yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib oldilar.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston turkompaniyalari yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqishga kelishib oldi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi, O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Qozog‘istonning "FlyArystan" aviakompaniyasi 15-17 iyul kunlari Atirau shahrida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot va "Workshop" tadbirini o‘tkazdi.
Tadbirlar Qozog‘istonning "FlyArystan" aviakompaniyasi tomonidan Atirau-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarning ochilishi munosabati bilan tashkil etildi.
15 iyul kuni birinchi reys orqali Toshkent shahridan 19 nafar turistik kompaniyalar, sanatoriylar, tibbiy turizm va mehmonxona biznesi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Atirau shahriga keldi. O‘zbekiston delegatsiyasi Atirau xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida aviakompaniya va aeroport rahbariyati, Bosh konsulxona hamda mahalliy hokimiyat vakillari ishtirok etdi.
“Ushbu reysning yo‘lga qo‘yilishi "FlyArystan" aviakompaniyasining xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish, shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash borasida muhim qadam bo‘ldi. Ostona – Toshkent yo‘nalishidan tashqari, yangi reys orqali O‘zbekistonga G‘arbiy Qozog‘istondan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar amalga oshirilishi ta’minlandi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi ishbilarmonlik, madaniy va sayyohlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi”, – dedi "FlyArystan" prezidenti Richard Ledjer.
"FlyArystan" aviakompaniyasi tomonidan Atirau xalqaro aeroporti, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va "Visit Atyrau" turistik axborot markazi ko‘magida Qozog‘iston va O‘zbekistonning turizm kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
B2B formatidagi ushbu "workshop" tadbiri O‘zbekiston va Qozog‘istonning yetakchi turizm agentliklarini, shuningdek, sanatoriy-kurort maskanlari, sog‘lomlashtirish markazlari, mehmonxonalar va tibbiy turizm sohasidagi tashkilotlar vakillarini birlashtirdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi gastronomik, ekologik, madaniy hamda tibbiy turizm yo‘nalishlarini namoyish qildi, shuningdek, mamlakat hududlaridagi yangi sayyohlik marshrutlari va dam olish maskanlarini taqdim etdi.
Atirau viloyati vakillari hududning sayyohlik salohiyati, jumladan tabiiy, tarixiy va etnoturizm yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi. Alohida e’tibor Sarayshiq shaharchasi, Kigash darosining lotos gullari bilan qoplangan hududlari va osetr baliqlari yetishtirish zavodiga qaratildi.
Atirau-Toshkent yo‘nalishidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovning ochilishiga alohida urg‘u berildi. Bu yo‘nalish kelgusida ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlik oqimini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Safar davomida O‘zbekiston vakillari Atirau viloyatining sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, birgalikda yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib oldilar.