“ARTmosfera” ko‘rgazmasi — yoshlar ijodining yangi nafasi
“ARTmosfera” ko‘rgazmasi — yoshlar ijodining yangi nafasi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida “ARTmosfera” yoshlar ko‘rgazmasiga start berildi. Unda bir qator oliy o‘quv yurtlari — Milliy rassomlik va dizayn instituti, Kimyo Xalqaro universiteti, VGIK Toshkent filiali va boshqa OTMlar talabalari ishtirok etmoqda.Ko‘rgazmada rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, installyatsiya, foto va video-art kabi turli janrlarda yaratilgan asarlar namoyish etilmoqda. Yosh ijodkorlar asarlari orqali inson va tabiat, xotira va zamon, an’analar hamda ularning zamonaviy talqini, shahar hayoti va kelajak kabi mavzularni yoritib berishga harakat qilishgan.
Toshkentdagi O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida “ARTmosfera” yoshlar ko‘rgazmasiga start berildi. Unda bir qator oliy o‘quv yurtlari — Milliy rassomlik va dizayn instituti, Kimyo Xalqaro universiteti, VGIK Toshkent filiali va boshqa OTMlar talabalari ishtirok etmoqda.Ko‘rgazmada rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, installyatsiya, foto va video-art kabi turli janrlarda yaratilgan asarlar namoyish etilmoqda. Yosh ijodkorlar asarlari orqali inson va tabiat, xotira va zamon, an’analar hamda ularning zamonaviy talqini, shahar hayoti va kelajak kabi mavzularni yoritib berishga harakat qilishgan.Ochilish marosimida bir qator iqtidorli ishtirokchilar maxsus diplomlar bilan taqdirlandi. G‘oliblar "Eng yaxshi rangtasvir", "Eng yorqin g‘oya", "Ijtimoiy mavzulardagi ishlanmalar" kabi nominatsiyalar bo‘yicha tanlab olindi.“ARTmosfera” nafaqat ko‘rgazma, balki ijod va muloqot maydoni hamdir — bu yerda tomoshabinlar yosh rassomlar bilan bevosita suhbatlashish va ularning ishlari orqali yangi fikrlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Ko‘rgazma 10-avgustga qadar davom etadi. San’atni qadrlaydigan va yangi iste’dodlarni kashf qilishni istaydigan barcha san’at ixlosmandlarini “ARTmosfera”ga tashrif buyurishga taklif etamiz.
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “ARTmosfera” ko‘rgazmasi ochildi. Unda yosh rassomlar o‘z asarlari orqali jamiyat, tabiat va inson haqidagi fikrlarini bayon etmoqda.
Toshkentdagi O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida “ARTmosfera” yoshlar ko‘rgazmasiga start berildi. Unda bir qator oliy o‘quv yurtlari — Milliy rassomlik va dizayn instituti, Kimyo Xalqaro universiteti, VGIK Toshkent filiali va boshqa OTMlar talabalari ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, installyatsiya, foto va video-art kabi turli janrlarda yaratilgan asarlar namoyish etilmoqda. Yosh ijodkorlar asarlari orqali inson va tabiat, xotira va zamon, an’analar hamda ularning zamonaviy talqini, shahar hayoti va kelajak kabi mavzularni yoritib berishga harakat qilishgan.
Ochilish marosimida bir qator iqtidorli ishtirokchilar maxsus diplomlar bilan taqdirlandi. G‘oliblar "Eng yaxshi rangtasvir", "Eng yorqin g‘oya", "Ijtimoiy mavzulardagi ishlanmalar" kabi nominatsiyalar bo‘yicha tanlab olindi.
“ARTmosfera” nafaqat ko‘rgazma, balki ijod va muloqot maydoni hamdir — bu yerda tomoshabinlar yosh rassomlar bilan bevosita suhbatlashish va ularning ishlari orqali yangi fikrlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ko‘rgazma 10-avgustga qadar davom etadi. San’atni qadrlaydigan va yangi iste’dodlarni kashf qilishni istaydigan barcha san’at ixlosmandlarini “ARTmosfera”ga tashrif buyurishga taklif etamiz.